Muzlatkichdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilishga yordam beradigan 7 tavsiya
Nafaqat uy bekalari, balki muzlatkich eshigini ochgan har qanday kishini ham bezovta qiladigan masalaga yechim topishga yordam beradigan maslahatlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: “Domashniy ochag”Ikki qavat o‘ramdan foydalaning
Muzlatkich hidlanishiga unda aynigan mahsulotlar borligi, shuningdek, ayrim hidi o‘tkir oziq-ovqatlarning ochiq qoldirilishi sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham piyoz, pishloq, baliq konservalarini shunchaki konteyner emas, ikki qavat o‘ramda — konteyner ustidan paket yoki folga qog‘ozga o‘rab saqlash kerak.
Har hafta tekshirib, tozalab turing
Eng avvalo muzlatkichdagi mahsulotlar — sharbat, kolbasa va sutning yaroqlilik muddatini ko‘zdan kechiring. Oqqan, tomgan mahsulotlarni qotib qolishidan avval artib, tozalang. Sodali namlangan gubka va idishlar yuvishda foydalanadigan vosita sizga bu borada yordam bera oladi.
Profilaktika
Soda solingan qutini ochib qo‘yish yomon hidni bartaraf qilib uni tarqalishining oldini oladi. Ammo uni ham vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak. Yangi soda hidlarni bartaraf qila olmaganda esa u bilan muzlatkich ichini tozalab 24 soatga eshigini ochiq qoldirish lozim.
Muzlatkichga issiq mahsulot qo‘ymang
Issiq taomni kamida ikki soat davomida xona haroratida sovishini kuting. Issiq taom solingan idish qo‘yilganda nafaqat ichkaridagi harorat o‘zgarib, boshqa mahsulotlar — sut va nordon sut mahsulotlarining aynishiga ham olib kelishi mumkin.
Go‘sht, sabzavot va karamni paketga soling, konteynerga joylasangiz yana yaxshi
Taom pishirguncha oqishi, dog‘ qoldirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni muzlatkichning pastki qismiga qo‘yish tavsiya qilinadi.
Muz solishga mo‘ljallangan maxsus idishni ko‘zdan kechiring
Idishi plastikdan tayyorlangani va undagi muz muzlatkich hidini o‘ziga olgani sabab muz solinadigan idishlarni muntazam ravishda yuvib turish kerak. U qo‘shilgan ichimlikdan yomon hid kelmasligi uchun muzni uch kundan ortiq saqlamaslik lozim.
Mutaxassislarga murojaat qiling
Yaxshilab yuvib, tozalagan taqdiringizda ham yomon hid kelishda davom etsa, maxsus xizmatga murojaat qiling.
Manba