Salomatlik Ayollar uchun Piyoz, sarimsoq va baliq hidini bartaraf etishning 10 usuli

Piyoz, sarimsoq va baliq hidini bartaraf etishning 10 usuli

O'qildi: 338


Piyoz, sarimsoq va baliq hidini bartaraf etishning 10 usuli

Ovqat tayyorlash jarayonida yoqimli hidlar taralishi tabiiy. Lekin hammasi jarayon yakunlangach seziladi. Natijada uy bekalarining qo‘lidan tovuq, sarimsoq va piyozning yoqimsiz hidini bartaraf etishga to‘g‘ri keladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Mavjud vositalar yordamida yoqimsiz hiddan xalos bo‘lishning ko‘plab usullari mavjud.

Limon sharbati

Foto: “Domashniy ochag”

Limon kislotasi baliq hidining manbayi bo‘lgan aminlarni ammoniy tuzlarga aylantiradi. Shuning uchun qo‘lni limon sharbati bilan yuvish tavsiya etiladi.

Zanglamaydigan po‘lat

Agar zanglamas po‘latdan idish bo‘lsa, unga hidi kelgan qo‘llarni surish kifoya. Bundan tashqari, po‘lat sanchqi yoki qoshiqlarni yuvish ham yaxshi yordam beradi. Ushbu usul uy bekalari tomonidan tajribada sinalgan.

Qahva donalari

Foto: “Domashniy ochag”

Bu eng yaxshi usullardan biri bo‘lib, ayniqsa, qahva iforini xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddao. Bir nechta qahva donasi yoki kukunini qo‘lga surish, so‘ngra sovun bilan yuvish tavsiya etiladi.

Ichimlik sodasi

Foto: “Domashniy ochag”

Kundalik hayotda iste’mol sodasidan juda keng foydalaniladi. Hidlarni bartaraf etish uchun esa bir choy qoshiq ichimlik sodasi bilan qo‘llarni yuvish kifoya.

Tish pastasi

Foto: “Domashniy ochag”

Ma’lum bo‘lishicha, tish pastasi ham hidlarni zararsizlantirishda keng qo‘llaniladi. Buning uchun vosita qo‘llarga suriladi va sovuq suv bilan yuviladi. Natijada qo‘ldan yoqimli yalpiz hidi keladi.

Maydanoz(petrushka)

Foto: “Domashniy ochag”

Ma’lumki, maydanoz yaproqlaridan chaynash og‘izdagi hidni bartaraf etadi. Shuningdek, qo‘llarni ham u bilan yuvish mumkin.

Sovuq suv

Agar yoqimsiz hidni bartaraf etishda vositalar topilmasa, shunchaki sovuq suv bilan yaxshilab yuvish mumkin.

Tuz

Foto: “Domashniy ochag”

Agar qo‘l terisida yara yoki yoriqlar bo‘lmasa, tuzni qo‘llar orasida yaxshilab ishqalash mumkin. So‘ngra suvda bir necha marta yuvish kerak.

Maishiy qo‘lqoplar

Foto: “Domashniy ochag”

Albatta, yoqimsiz hiddan xalos bo‘lishning eng ishonchli usuli. Undan foydalanish biroz qo‘pol bo‘lsa-da, ammo terini xavfsiz ravishda saqlaydi.

Zaytun moyi

Foto: “Domashniy ochag”

Yana bir sinalgan usullardan biri piyoz, sarimsoq yoki baliq go‘shtini ishlatishdan avval qo‘lga zaytun moyini surishdir. Yog‘ terini samarali himoya qiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.