Salomatlik Ayollar uchun Qo‘llardan piyoz, sarimsoq va baliq hidini ketkazishning 10 usuli

Qo‘llardan piyoz, sarimsoq va baliq hidini ketkazishning 10 usuli

O'qildi: 494


Qo‘llardan piyoz, sarimsoq va baliq hidini ketkazishning 10 usuli

Taom tayyorlashda yoqimli iforlar oshxonani to‘ldirganda, sarimsoq yoki qovurilgan piyozning hididan zavqlanish mumkin. Ammo ko‘plab uy bekalari ovqat pishirgandan keyin qo‘llaridan keladigan piyoz, baliq yoki sarimsoq hidini yoqtirmaydi. “Noviy ochag” nashri ushbu yoqimsiz hidni ketkazishning 10 ta usuli bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Limon sharbati

Foto: “Noviy ochag”

Baliqli kechki ovqat tayyor, ammo qo‘ldan baliq hidini qanday ketkazish mumkin?Limon kislotasi baliq hidining manbayi bo‘lgan aminlarni ammoniy tuzlariga aylantiradi va ular retseptorlarni hech qanday tarzda bezovta qilmaydi. Baliq hididan xalos bo‘lish uchun qo‘llaringizni limon sharbati bilan yuvish yoki barmoqlar va kaftlarni yarimta limon bilan ishqalash lozim.

Po‘lat

Bu qo‘ldan yoqimsiz hidni ketkazishning g‘ayrioddiy, ammo juda samarali usuli. Agar po‘latdan yasalgan idish yoki tova bo‘lsa, qo‘lni unga ishqalash yoki shunchaki bir nechta sanchqilar bilan qo‘l yuvish kerak, shunda yoqimsiz hiddan xalos bo‘lish mumkin.

Qahva donalari

Foto: “Noviy ochag”

Bu piyoz va sarimsoq hidini qo‘ldan ketkazishning eng yaxshi usullaridan biridir. Buning uchun bir nechta don yoki maydalangan qahva ishqalanadi, keyin qo‘l sovunlab yuviladi. Agar qahva hidi yoqmasa, ushbu usul tavsiya etilmaydi.

Iste’mol sodasi

Foto: “Noviy ochag”

Kundalik hayotda iste’mol sodasidan foydlanishnng son-sanoqsiz usullari mavjud. Mana ulardan yana biri. Ushbu vosita qo‘ldan benzin yoki xlor hidni ketkazishi mumkin. Buning uchun kaftlarga bir choy qoshiq soda solinib, qo‘llar ishqalanadi, keyin yuviladi.

Tish pastasi

Foto: “Noviy ochag”

Ma’lum bo‘lishicha, pastadan baliq, piyoz, sarimsoq hidlarini ketkazish uchun ham foydalanish mumkin. Dastlab qo‘llar tish pastasi bilan yuvilib, keyin yaxshilab chayiladi.

Sovuq suv

Yuqoridagi usullardan hech biri ma’qul kelmasa, qo‘ldan yoqimsiz hidni qanday ketkazish mumkin? Buning uchun qo‘llar shunchaki sovuq suv ostiga qo‘yiladi. Shuni yodda tutish kerakki, sovuq suv benzin va xlor kabi kimyoviy moddalarning hididan xalos qilolmaydi.

Petrushka

Foto: “Noviy ochag”

Petrushka yordamida nafaqat og‘izdan kelayotgan sarimsoq yoki piyoz hidini ketkazish mumkin. Balki u qo‘ldan kelayotgan yoqimsiz hidni ham bartaraf etadi. Petrushka bargi qo‘llar orasida ishqalanadi va yaxshilab yuvib tashlanadi.

Tuz

Foto: “Noviy ochag”

Qo‘ldagi piyoz, sarimsoq yoki hatto baliqning yoqimsiz hidini yirik tuz bilan yaxshilab ishqalash va keyin ularni bir necha marta suv ostida yuvish orqali yo‘q qilish mumkin. Teri ustida hech qanday yara va jarohatlar bo‘lmasa, bu usuldan foydalanish mumkin.

Rezina qo‘lqoplar

Foto: “Noviy ochag”

Albatta, qo‘ldagi yoqimsiz hiddan xalos bo‘lishning eng ishonchli yo‘li uning teriga singib ketishining oldini olishdir. Buning uchun shunchaki oshpazlik qo‘lqoplaridan foydalanish mumkin.

Zaytun moyi

Foto: “Noviy ochag”

Piyoz yoki sarimsoqni maydalashdan avval qo‘lga zaytun yoki boshqa o‘simlik moyi surtish tavsiya etiladi. Yog‘ terida himoya to‘sig‘ini yaratadi va ularning hididan himoya qiladi. Faqat yog‘dan ko‘p quyib yubormaslik lozim, aks holda mahsulotlarni to‘g‘rash qiyinlashadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.