Salomatlik Ayollar uchun Oziq-ovqat mahsulotlari saqlash muddatini uzaytirishning 15 ta yangi usuli

Oziq-ovqat mahsulotlari saqlash muddatini uzaytirishning 15 ta yangi usuli

O'qildi: 392


Oziq-ovqat mahsulotlari saqlash muddatini uzaytirishning 15 ta yangi usuli

Bir necha kun foydalanish uchun sotib olingan va pishirishga vaqt topilmasdan, mahsulotni tashlab yuborish har doim achinarli. Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoqroq saqlash uchun yangi saqlash usullarini o‘rganib olishingizni tavsiya qilamiz. Albatta, buni hamma ham bilmasligi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Piyoz

Foto: “Domashniy ochag”

Shahar aholisi ko‘pincha piyozni muzlatkichda saqlaydi. Ammo qishloq tajribasi shuni o‘rgatadiki, piyoz umuman sovuq havoga muhtoj emas. Bundan tashqari, piyoz xona haroratida juda yaxshi saqlanadi. Asosiysi, xona quruq bo‘lishi kerak.

Ko‘k piyoz

Foto: “Domashniy ochag”

To‘g‘ralgan ko‘k piyozni plastik idishda saqlash mumkin. Sho‘rvalar yoki ragular uchun yaxshi ziravor bo‘ladi. Faqat avval uni to‘g‘ri quritish lozim.

Ko‘katlar

Foto: “Domashniy ochag”

Yangi ko‘katlarni saqlashning tasdiqlangan va eng yaxshi usuli ularning bandini kesib, dasta gullar kabi bir stakan sovuq suvga solib, paket bilan barglarini yopish va muzlatkichga qo‘yishdir. Shu usul bilan har qanday ko‘katni yaxshi saqlash mumkin.

Sarsabil

Foto: “Domashniy ochag”

Yangi sarsabilni ham xuddi shu usulda saqlash mumkin.

Qulupnay va malina

Foto: “Domashniy ochag”

Qulupnay yoki malinani uzoqroq saqlash uchun ularni suvga solib, unga 10:1 nisbatda bir tomchi sirka qo‘shiladi. Ushbu eritmada rezavorlar yuviladi, quritiladi, har qanday idishga solib, muzlatkichga qo‘yiladi. Shu tarzda yuvilgan qulupnay 2 haftagacha, malina esa bir hafta yaxshi holatini saqlab qoladi. Sirka hidi tezda yo‘qoladi va sezilmaydi, rezavorlar esa mog‘orlamaydi.

Avokado

Foto: “Domashniy ochag”

Ma’lumki, avokado tozalanganda yoki kesilganda tezda qorayadi. Qoraymasligi uchun muzlatkichga qo‘yishdan oldin unga zaytun moyi surtiladi. Yana bir usuli esa, avokado piyozning yarmi bilan birga idishga solinadi va qopqog‘i yopiladi hamda muzlatkichda saqlanadi.

Kartoshka

Foto: “Domashniy ochag”

To‘r xaltaga yoki qutiga bitta olma qo‘shib, kartoshkani saqlash mumkin. Lekin piyozning yonida kartoshkani saqlamaslik yaxshiroq. Bu sabzavotlarni tezroq chirishiga olib keladi.

Pishloq

Foto: “Domashniy ochag”

Pishloqning kesilgan qismi qurib qolmasligi uchun uni yog‘lash ham mumkin. Pishloq, eng yaxshisi, sabzavot bo‘limida yoki muzlatkich kamerasi harorati yuqori bo‘lgan eshikda saqlanadi. Pishloqni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rash tavsiya etilmaydi. Uni mumlangan pishiriq qog‘ozida saqlash yaxshiroq.

Salat bargi

Foto: “Domashniy ochag”

Bu usul salat bargining bir hafta davomida qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Faqat qog‘oz salfetkani plastik qoplama ostiga qo‘ying. U ortiqcha namlikni yutadi.

Selder

Foto: “Domashniy ochag”

Selder va brokkoli folga bilan o‘ralgan holda uzoqroq saqlanadi.

Pomidor

Pomidorlarni qoplarda saqlamaslik kerak, bu mumkin emas. Agar, masalan, hali yaxshi pishmagan pomidorlar yig‘ib olingan bo‘lsa, ularni qutida yoki gazetaga o‘ralgan holda saqlash yaxshiroqdir. Ular bir-biriga tegmasligi va quyosh nurlari tushmasligi kerak. Pomidorlar pishishi bilan teskari tomoniga aylantirib qo‘yiladi.

Zanjabil

Zanjabilni faqat muzlatkichda saqlash kerak. Bu nafaqat uzoq saqlashga yordam beradi, balki uni maydalash ham osonroq bo‘ladi.

Yong‘oqlar

Foto: “Domashniy ochag”

Xomligicha sotib olingan yong‘oqlarni darhol qovurish kerak. Keyin idishga solib, muzlatkichga qo‘yiladi. Shunda yong‘oqlar yanada mazali bo‘lib, uzoq muddatga yetadi.

Qo‘ziqorinlar

Foto: “Domashniy ochag”

Qo‘ziqorinlarni plastik emas, balki qog‘oz qoplarda saqlagan yaxshi.

Oziq-ovqat mahsulotlari

Foto: “Domashniy ochag”

Turli oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaydigan plastik qoplarni mahkam yopish uchun eski butilkalardan foydalanish mumkin. Ularning tepa qismi kesib olinib, qoplardan o‘tkaziladi va qopqog‘i burab qo‘yiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.