Salomatlik Ayollar uchun Sovuq ob-havoda uyni isitishga yordam beradigan 10 ta layfxak

Sovuq ob-havoda uyni isitishga yordam beradigan 10 ta layfxak

O'qildi: 298


Sovuq ob-havoda uyni isitishga yordam beradigan 10 ta layfxak

Ob-havo sovishi bilan uyni qanday isitib olish muammosi ko‘tariladi. Albatta, isitkichlar ham ma’lum darajada yordam beradi. Wday nashri taqdim etgan layfxaklar esa uyni qo‘shimcha ravishda issiq saqlashga hissa qo‘shadi.

Foto: Wday

Folga sotib oling

Folga odatiy emas, balki qalinroq bo‘lishi lozim. Yoki oddiy folgani bir necha qatlam qilib foydalanish mumkin. Buning uchun isitkich radiatori va devor o‘rtasiga folga joylashtiriladi. Natijada isitgichdan chiqqan issiqlik manbayi tashqariga emas, balki folgaga tegib, butun uyni tezroq isitadi. Qizigan folga esa xonani uzoq muddat davomida issiq ushlab turishga yordam beradi.

Choyshablarni o‘zgartiring

Albatta, yozgi yupqa choyshablarni qalin, qish uchun mo‘ljallanganiga almashtirish tavsiya etiladi. Qalin choyshablar uyquga ketmasingizdan avval isitadi va tun davomida sovuqdan himoya qiladi.

Quyosh nuri

Quyosh nuri kirib turadigan uy egalari uchun ajoyib imkoniyat. Quyosh chiqqach, pardalar ochiladi va kechga borib yopiladi. Kun davomida quyosh nuri xonani isitadi va kech tushganda pardalarni yopish issiqlikni ushlab qolishga yordam beradi.

Qishki qulaylikni yarating

Uy ichini isitishdan avval qishki qulaylikni yaratish lozim. Buning uchun pol ustiga gilamlar, divan va kreslolarga qalin choyshablar solinadi. Ehtimol, parda ham biroz qalin, sovuq o‘tkazmaydiganiga almashtiriladi. Natijada xona o‘z-o‘zidan isiydi.

Shamlarni yoqing

Shamlarni faqat estetika uchun yoqish kerak emas. Dolchin va vanilning yoqimli hidi insonni jismonan isitadi. Qolaversa, sham kichik bo‘lsa ham xonani biroz isishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, shamlar qorong‘i xonalari yoritib, elektr tokini tejashga ham yordam beradi.

Kakao iching

Umuman olganda sovuqda har qanday issiq taom organizmni isitishga yordam beradi. Qolaversa, bulyon, qora shokolad, giyohli choylar va kakao ham isitish qobiliyatiga ega. Ammo olimlar juda issiq ichimliklar zararli ekanini isbotladi. Qizilo‘ngachning kuyishi tufayli surunkali yallig‘lanish boshlanishi mumkin, bu esa yanada jiddiy kasalliklarga olib kelishi hech gap emas.

Pechda taom pishiring

Shokolad, kakao va giyohli choylar uchun ajoyib shirinlik ham bo‘lishi kerak. Ularni aynan pechda pishirish uyni, ko‘proq oshxonani isitishga ham yordam beradi. Issiq uyda ajoyib yegulik va ichimlik ichish oila a’zolaringini xursand qilishi shubhasiz.

Ziyofatlar tashkil qiling

Xonada qancha ko‘p odam bo‘lsa, u yer shunchalik issiq bo‘ladi. Bundan tashqari, do‘stlar davrasida kitob o‘qish ehtimoli deyarli yo‘q. Turli xil o‘yinlar va jismoniy faoliyat tufayli organizmning o‘zi ham isiydi, atrofga ham issiqlik chiqaradi. Bunday vaqtda sovqotish haqda o‘ylamasa ham bo‘ladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.