Ko‘p vaqt sarflamaysiz: muzlatkichni tez va oson tozalash bo‘yicha layfxak
Muzlatkich tez ifloslangan jihozlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, katta muzlatkich kamerasini tozalash oson va tez bitadigan ish emas. Quyida muzlatkichni ko‘p energiya va vaqt sarflamasdan tozalashga yordam beradigan tavsiyalar beramiz.
Foto: Adobe StockBirinchi qadam: javonlar va tortmalarni yuving
Avvalo, muzlatkichning javon, panjara va tortmalarini olib tashlang va qo‘l bilan yuving. Yumshoq mato bilan issiq suvda yuvgan ma’qul. Agar yuvilishi qiyin bo‘lgan oziq-ovqat qoldiqlari qutilarning devorlarida qolsa, ustiga iliq suv bilan namlangan qog‘oz sochiqlarni qo‘ying va bir muddat turing. Keyin gubka yoki cho‘tka bilan tozalang.
Foto: Adobe StockIkkinchi qadam: kameraning ichini tozalang
Sovutkich kamerasini tozalash uchun sodali suv tayyorlang. Shimgich yoki matoni namlab, muzlatkichning ichki qismini artib oling. Ish so‘ngida kamerani qog‘oz sochiq bilan artib quriting.
Foto: Adobe StockUchinchi qadam: hidlardan xalos bo‘ling
Osh sodasi muzlatkichdagi yomon hidlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Kamerani o‘chirgandan so‘ng, pastki javonga soda solingan idishni qo‘ying. Soda barcha hidlarni o‘ziga singdirgandan keyin uni olib tashlash mumkin.
Foto: Adobe StockTo‘rtinchi qadam: muzlatkichning tashqi qismini tozalang
Sovutkichning tashqi qismini tozalash vositasi bilan namlangan mato bilan artib, kir to‘planishga moyil bo‘lgan shkaf tutqichlariga e’tiborli bo‘ling.
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan muzlatkichni tozalash biroz boshqacha. Uni ikkita mikrofibra mato bilan artib olish kerak: avval nam, keyin quruq. Agar doimiy dog‘lar bo‘lsa, nam lattaga bir necha tomchi spirt qo‘shing.
Foto: Adobe StockBeshinchi qadam: profilaktika
Sovutkichni uzoqroq vaqt davomida toza saqlashga yordam beradigan bir nechta qoidalar mavjud. Avvalo biron bir mahsulot yomonlasha boshlaganini sezsangiz, darhol uni tashlab yuboring. Idish yoki tortmalarda dog‘lar paydo bo‘lsa, ularni soda eritmasiga namlangan salfetka bilan artib olish kerak. Osh sodasi mog‘orni yengishga ham yordam beradi: bir osh qoshiq kukunni bir litr iliq suv bilan aralashtirib, mog‘orlangan yuzani arting. Keyin quruq mato bilan yaxshilab quriting.
Foto: Adobe StockManba