Salomatlik Ayollar uchun Kiyimlarni qancha muddatda yuvish kerak: bilib qo‘yish muhim bo‘lgan qoidalar

Kiyimlarni qancha muddatda yuvish kerak: bilib qo‘yish muhim bo‘lgan qoidalar

O'qildi: 259


Kiyimlarni qancha muddatda yuvish kerak: bilib qo‘yish muhim bo‘lgan qoidalar

Har bir ayolning garderobida boshqalariga qaraganda kamroq yoki tez-tez yuviladigan kiyimlar bor. Biroq ularning turiga qarab kiyimlarni qancha muddatda yuvish kerakligini qanday bilish mumkin?Albatta, har bir narsaning o‘ziga xos “muddati” bor, shunga ko‘ra yuvish ularni tezda eskirib ketishining oldini oladi, deb yozadi “Glavred”.

Foto: Pinterest

Djinsilar

Djinsilar unchalik tez kir bo‘lmaydi, shuning uchun ularni har ikki haftada bir marta yuvish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, ular deyarli sovuq suvda va konditsionersiz yuvishga arziydi. Agar ularni tez-tez mashinaga tashlasangiz, shunchaki cho‘zilib ketishi mumkin. Ammo bu qoida bolalar shimlariga taalluqli emas — ularni tez-tez yuvish kerak, chunki bola kiyimini juda tez kir qilishi mumkin.

Koftalar

Koftalarni qancha muddatda yuvish uning materialiga bog‘liq. Agar kofta ipak, kashmir yoki paxtadan tikilgan bo‘lsa, ikki marta kiyilganidan keyin yuvish mumkin. Biroq jun yoki sintetika koftalarni besh marta kiyingandan keyin mashinaga tashlash tavsiya etiladi.

Chaqaloq kiyimlari

Ular har kuni yuvilishi kerak. Axir bola kiyimining yengini og‘ziga solishi mumkin, agar u yetarli darajada toza bo‘lmasa, turli xil mikroblar og‘iz bo‘shlig‘i orqali bolaning ichiga kirib boradi.

Pijama

Odamlar uxlayotganlarida terlashga moyil bo‘lganligi sababli pijama har uch kunda yuvilgani yaxshiroq. Agar terlash juda kuchli bo‘lsa, har kuni yuvish tavsiya etiladi.

Choyshablar

Choyshabni haftada bir marta yuvish mumkin. Muhim qoidalarga rioya qilish kerak, buning uchun eng maqbul kir yuvish kukuni va konditsionerni tanlab, kamida 60 daraja harorat suvda yuvish lozim.

Yostiq va ko‘rpalar

Yostiq va ko‘rpalarni har uch oyda yuvish tavsiya etiladi. Agar uyda yuvishning iloji bo‘lmasa, maxsus kimyoviy tozalashga berish mumkin. Biroq bu masalani e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, chunki allergiyaga olib keladigan infeksiyalar yostiq ichida to‘planishi mumkin.

Sochiqlar

Sochiq uch marta ishlatilgandan keyin yuvish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sochiqlar hammom kabi qorong‘i, nam xonada emas, balki ochiq quyoshda quritilishi kerak.

Paypoq va kolgotkalar

Bular har safar kiyilganda yuvilishi kerak. Vizual ravishda ular toza ko‘rinsa ham yuvishni unutmaslik lozim.

Svitshot va xudilar

Olti yoki yetti marta kiyilgandan keyin ularni yuvish kifoya qiladi. Chunki ular tanaga tegmaydi, odatda ularning ostidan futbolka kiyiladi.

Shim va yubkalar

Agar ko‘zga tashlanadigan dog‘i bo‘lmasa, ushbu kiyimlarni 6-7 marta kiyilganidan so‘ng yuvish mumkin.

Ko‘ylak va bluzkalar

Ikki yoki uch marta kiyilgandan keyin ularni yuvish kifoya qiladi. Yoz oylarida ko‘p terlash natijasida bir marta kiyilganidan keyin yuvish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.