Salomatlik Ayollar uchun Uyda un mahsulotini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 4 ta layfxak

Uyda un mahsulotini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 4 ta layfxak

O'qildi: 269


Uyda un mahsulotini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 4 ta layfxak

Un mahsulotini uzoq muddat saqlash ma’lum shartlarni talab qiladi. Bu borada “Noviy ochag” nashri foydali layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Sotib olayotganda unni qanday tanlash kerak?

Ko‘pincha mahsulotlar qadog‘i yopiq bo‘lgani sababli ularni tekshirishning imkoni bo‘lmaydi. Faqat qadoqning yaxlitligi, unda mog‘or yo‘qligi, chiqarilgan sana va saqlash muddatini tekshirish mumkin. Ammo unni ochishning iloji bo‘lsa, uni biroz tatib ko‘rish kerak. Agar ta’m biroz achchiq bo‘lsa, demak, mahsulot uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri saqlangan.

Unni sotib olayotganda, yaqin atrofda, masalan, ziravorlar kabi kuchli hidli mahsulotlar bor-yo‘qligiga e’tibor berish lozim. Bug‘doy, guruch, zig‘ir uni va boshqa turlar, albatta, begona hidlarni o‘zlashtiradi, bu esa uning ta’miga ta’sir qiladi.

Uyda unni saqlash uchun idish

Unni ochilgan qadoqda saqlab bo‘lmaydi. Mahsulotni yaxshi holatda saqlash uchun havo o‘tkazmaydigan qopqoqli shisha idish tavsiya etiladi. Bu banka yoki konteyner bo‘lishi mumkin. Agar bunday idishlar og‘ir, katta hajmli va noqulay deb hisoblansa, mahkamroq joylashtirish uchun qopqog‘ida rezina qistirmalari bo‘lgan plastik idishdan foydalanish mumkin.

Zig‘ir xaltalari quritilgan meva, qo‘ziqorin, nonlarni saqlash uchun juda mos keladi. Zig‘ir oziq-ovqat mahsulotlarining nafas olishiga imkon beruvchi tabiiy materialdir, unda un ham, don ham mog‘orlamaydi va hech qanday hasharotlar paydo bo‘lmaydi. Ulardan foydalanish oson, shuningdek, kam joy egallaydi.

Unni qayerda saqlash kerak?

Un oz miqdorda saqlansa, idishlarni o‘ziga xos hidli mahsulotlardan uzoqroqda, yopiq shkaflarga qo‘yish mumkin. Yoki muzlatkichning sabzavot bo‘limida saqlash tavsiya etiladi.

Bordi-yu, keyinchalik foydalanish uchun ko‘p miqdorda un saqlansa, unda saqlash xonasi yetarlicha qorong‘i, quruq va salqin bo‘lishi kerak. Harorat esa 15 darajadan oshmasligi lozim. Bu, masalan, omborxona bo‘lishi mumkin.

Balkonda esa unni faqat qishda, sovuq sovuq ob-havo boshlanganda saqlash mumkin. Yilning qolgan qismida quyosh nurlari va namlik tufayli mahsulotni u yerda saqlash tavsiya etilmaydi.

Uy sharoitida unning yaroqlilik muddati

Yodingizda bo‘lsin, un yaroqlilik muddatiga ega, buni, albatta, bilib qo‘yish kerak. Masalan, makkajo‘xori va zig‘ir uni qulay sharoitlarda 3 oydan 6 oygacha, javdar — faqat 6 oygacha, bug‘doy va guruch — 9 oygacha saqlanadi. Ammo past haroratlarda kukunga aylantirilgan donning saqlash muddati 2 yilgacha davom etadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.