Salomatlik Goʼzallik 2020-yilda sotuvga chiqarilgan 20 ta eng yaxshi kosmetik vosita

2020-yilda sotuvga chiqarilgan 20 ta eng yaxshi kosmetik vosita

O'qildi: 394


2020-yilda sotuvga chiqarilgan 20 ta eng yaxshi kosmetik vosita

Butun dunyoda karantin e’lon qilinganiga qaramay, brendlar byuti-blogerlar va go‘zallik ixlosmandlari uchun o‘z kosmetik vositalarini ishlab chiqarishdan to‘xtagani yo‘q. Ularning eng yaxshisi qaysilar ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Cosmopolitan

Yuz uchun

L’Oreal Paris’dan Oa Woke Up Like This Skin Paradise tonal kremi.

Foto: Cosmopolitan

Bir necha oy avval L’Oreal Paris tomonidan taqdim qilingan ushbu flyuid 70n foiz suvli emulsiya va mineral komponentlardan tashkil topgan. Bunday krem terini namlantiradi va yaxshi qoplaydi.

Estee Lauder, Futurist Hydra Rescue Moisturizing Makeup SPF45 namlantiruvchi kremi

Foto: Cosmopolitan

Ajinlarni ham yashirish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur kremdan byuti-blogerlar tomonidan tavsiya qilinadi. O‘rtacha teri va quruqlikka moyilligi bo‘lganlar uchun ushbu krem ayni muddao.

Clarins, Everlasting Concealer konsileri

Foto: Cosmopolitan

Yuzdagi ko‘karish va ajinlar borlar uchun yaxshi variant hisoblangan konsiler, terini quritmaydi, shuningdek, narxi ham qimmat emas.

Sergey Naumov, Phenomenon SPF 15 konsileri

Foto: Cosmopolitan

Vizajist Sergey Naumov, terida tabiiy ko‘rinadigan konsiler taqdim qilish bilan go‘zallik ixlosmandlarini xursand qildi. Oziqlantiruvchi formula asosida ishlab chiqarilgan ushbu vosita, kremli konsistensiyani barmoqlar yordamida teriga bemalol sursa bo‘ladi.

Chanel, Les Beiges Creme Ensoleille kremli bronzeri

Foto: Cosmopolitan

2020-yilda dolzarb bo‘lgan mazkur kremli bronzer, vizajistlar tomonidan ayniqsa ko‘proq tavsiya qilindi. Barcha uchun universal bo‘lgan ushbu krem teri rangini mukammal ko‘rinadi.

Gucci, Poudre De Beauté Éclat Soleil Bronzing Powder

Foto: Cosmopolitan

Ushbu blogerdan foydalangan byuti blogerlar ishlatishdan avval uyning narxi qimmatligidan noligan bo‘lsa, keyin aynan ushbu kosmetik vositani eng yaxshi ekanini ta’kidlagan. Rangi, ko‘rinishi va turishi bilan birga ifori ham yoqimli bo‘lgan mazkur krem terini maksimal darajada tabiiy ko‘rsatadi.

Fenty Beaut, Cheeks Out Freestyle Cream Blush

Foto: Cosmopolitan

Kremli rumyanadan foydalanishni yaxshi ko‘rganlar uchun Fenty Beauty eng yaxshi variant. Kun davomida yaxshi turadigan kremni barmoqlar yordamida ham surtish mumkin.

MAC, Glow Play Blush rumyanasi

Foto: Cosmopolitan

Tabiiy ko‘rinishni istaydiganlar uchun MAC tomonidan taqdim qilingan rumyana ayni muddao. So Natural rangi esa bu borada yaxshi tanlov.

Hourglass, Ambient Metallic Strobe Lighting Palette xaylayteri

Foto: Cosmopolitan

2017-yilda taqdim qilingan ushbu kosmetik vosita nafaqat o‘sha yilning o‘zida, balki hozir ham har qachongidan mashxurroq.

Ko‘z

Dior, Dior 5 Couleurs Couture 579

Foto: Cosmopolitan

Dior tomonidan taqdim qilingan tenlar paletkasi sifati va qovoqda turishi bilan o‘ziga xosdir. Oson surtilgani sabab u bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi aniq.

Lime Crime, Greatest Hits Bangers paletkasi

Foto: Cosmopolitan

Ranglari va uning surtilishi bilan o‘ziga xos bo‘lgan paletka kosmetik vositalardan foydalanishni va tanlaganda ham sifatlisini abzal biladiganlar uchun ayni muddao.

Make Up For Ever’dan suvda o‘chmaydigan Aqua Resist Color qalami 

Foto: Cosmopolitan

Yumshoq bo‘lgani sabab ushbu qalamni bemalol surish mumkin, 30 soniyadan keyin esa darhol qotadi va o‘chirish uchun maxsus vosita kerak bo‘ladi.

Eveline Cosmetics’dan Variete tushi

Foto: Cosmopolitan

Ushbu tushdan foydalangandan keyin ulama kiprik yopishtirgandek ko‘rinishga ega bo‘lishingiz mumkin. Qovoqqa surkalib ketmaydigan ushbu tushning chyo‘tkasi ham ishlatish uchun juda qulay.

Qosh

Benefit’dan Brow Microfilling Brow Pen qosh uchun markeri

Foto: Cosmopolitan

Ayni vaqtdagi tabiiy ko‘ringan qoshlar uchun ushbu marker juda ham yaxshi variant. Uning uzoq xizmat qilishi uchun esa toza teriga makiyaj qilishdan avval surtish kerak.

Labga

Givenchy’dan Le Rose Perfecto Liquid Balm balzami

Foto: Cosmopolitan

Ushbu kosmetik vosita nafaqat labni parvarish qilinishiga hissa qo‘shadi, balki vizual katta ham ko‘rsatadi. 10 xil rangda taqdim qilingan balzamdan ko‘ngilga yoqqanini tanlab olish mumkin.

Vivienne Sabo’dan Long Lasting Gel Lipliner Le Grand Volume gelli qalam

Foto: Cosmopolitan

Surtilishi oson va surkalib ketmaydigan mazkur qalamni pomada va blesksiz ham ishlatish mumkin.

MAC, Powder Kiss Liquid Lipstick

Foto: Cosmopolitan

Yaltiramaydigan ushbu suyuq pomada labni quritib qo‘ymaydi. Chiroyli va uzoq vaqt lablarni ko‘ngildagidek ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.