Nima uchun piyoz ko‘zni achishtiradi? Piyoz tozalaganda “yig‘lamaslik” uchun 7 ta layfxak
Piyoz tozalash va to‘g‘rashni oshxonadagi yoqimli ishlar sirasiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki piyoz “ko‘z yosh to‘kish”ga majbur qiladi. “Lisa.ru” nashri ushbu jarayon davomida “yig‘lash”ni to‘xtatishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Foto: “Lisa.ru”Ko‘z yoshlarini keltirib chiqarishga lakrimator efir moddalari sabab bo‘ladi. Ushbu kimyoviy moddalar guruhi sabzavotni to‘g‘rash — hujayralari zararlanganda chiqariladi. Ular shilliq qavatga tushib, namlik bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, o‘zidan oltingugurt ajralgach achishish xususiyatini keltirib chiqaradi. Achishish o‘z navbatida, ko‘z yoshlarini faol ravishda chiqarishga yordam beradi. Buning oldini olish uchun faqat lakrimatorlarning faolligini kamaytirish kerak.
Muzlatish
Piyoz, pichoq va taxtakachni sovitkichga 5-7 daqiqa yoki yarim soat davomida muzlatkichga qo‘yish kerak. Oltingugurt birikmalarining chiqishini kamaytirish uchun sabzavot sovishi lozim. Agar yetarli vaqt bo‘lmasa, piyozni sovuq suv oqimi ostida ushlab turish mumkin. Natijada lakrimatorlar eriydi va ko‘zni achishtirmaydi.
Qizdirish
Piyozni katta bo‘laklarga bo‘lib, qaynoq suvga bir necha daqiqa qo‘yish kerak. Keyin uni olib tashlab, taomga qo‘shish mumkin. Qaynoq suv muammodan qochishga yordam beradi, bug‘ ko‘zdan yosh chiqaruvchi gazni tarqatadi.
O‘tkir pichoq
O‘tkir pichoq yordamida piyozni to‘g‘rash kamroq hujayralarga zarar yetkazadi va havoga kamroq muhim birikmalar chiqaradi. Bundan tashqari, to‘g‘rash jarayoni tezlashadi, bu esa salbiy moddalarning ta’sirini kamaytiradi.
Ko‘zoynak
Oshxonada suzish uchun aksessuarlar yordam berishi mumkin bo‘lgan holat. Suzish ko‘zoynaklari teriga mahkam yopishadi va ko‘zlarni mukammal himoya qiladi.
Yog‘och qoshiq
Bu ilmiy emas, balki xalqona usulidir. To‘g‘rash paytida qoshiq og‘izda ushlab turilsa, yog‘och ko‘zdan yosh chiqaruvchi gazni o‘zlashtiradi, degan qarash mavjud. Bu usul noqulayligi bilan samarasiz ham bo‘lishi mumkin.
Bir stakan suv
Lakrimatorlar suvda yaxshi eriydi. Pichoqni tez-tez namlash uchun bir stakan suv qo‘yish tavsiya etiladi.
Sham
Issiqlik manbasi yoki shamdan foydalanish mumkin. Asosiysi, issiq havo zararli moddalar konsentratsiyasini ko‘zlarga yetib borguncha kamaytirishga yordam beradi.
Manba