Salomatlik Ayollar uchun Uyda un mahsulotini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 7 ta layfxak

Uyda un mahsulotini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 7 ta layfxak

O'qildi: 337


Uyda un mahsulotini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 7 ta layfxak

Un mahsulotini uzoq saqlash mumkinligiga qaramay, bu ma’lum shartlarni talab qiladi. Quyida taqdim etiladigan eng oddiy usullar bilan tanishib chiqing va qoidalarga amal qiling.

Foto: “Domashniy ochag”

To‘g‘ri xarid

Ko‘pincha un mahsuloti yopiq qadoqlarda sotiladi va mahsulotni tekshirishning imkoni bo‘lmaydi. Faqat qadoqning yaxlitligini, unda mog‘or yo‘qligini, chiqarilgan sana va saqlash muddatini tekshirish qoladi. Agar qadoq ochilgach, mahsulot ta’mida achchiqlik sezilsa, demak u uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri saqlangan.

Mahsulot sotib olayotganda, yaqin atrofda, masalan, ziravorlar kabi kuchli hidli mahsulotlar bor-yo‘qligiga e’tibor berish lozim. Bug‘doy, guruch, zig‘ir uni va boshqa mahsulotlar, albatta, begona hidlarni o‘zlashtiradi, bu esa uning ta’mini buzadi.

Uy uchun konteyner

Asosiysi qadoq ochilganidan so‘ng unda mahsulotlarni saqlash endi mumkin emas. Eng yaxshi saqlash yo‘li havo o‘tkazmaydigan qopqoqli shisha idishdir. Bu idish yoki konteyner bo‘lishi mumkin. Agar bunday idishlarni og‘ir, katta hajmli va noqulay bo‘lsa, mahkamroq joylashtirish uchun qopqog‘ida rezina qistirmalari bo‘lgan plastik idishdan foydalanish mumkin.

Zig‘ir matodan tikilgan xaltalar quritilgan mevalar va qo‘ziqorinlarni, kraker hamda nonni saqlash uchun juda mos keladi. Chunki bunday xaltalar oziq-ovqat mahsulotlarining nafas olishiga imkon beruvchi tabiiy materialdir, mahsulotlar mog‘orlamaydi va ularda tirik mavjudotlar paydo bo‘lmaydi. Ulardan foydalanish oson va kam joy egallaydi. Ko‘p miqdorda mahsulot zig‘ir xaltalarida yoki qalin qog‘oz qoplarda yaxshi saqlanadi.

Qayerga qo‘yish kerak?

Agar mahsulot oz miqdorda saqlansa, idishlarni o‘ziga xos hidli mahsulotlardan uzoqroqda, yopiq shkafda pastki javonlarga qo‘yish mumkin. Mahsulotni muzlatkichning sabzavot bo‘limida saqlasa ham bo‘ladi.

Agar keyinchalik foydalanish uchun ko‘p miqdorda un saqlansa, unda xona yetarlicha qorong‘i, quruq va salqin bo‘lishi kerak. Harorat 15 darajadan oshmasligi lozim. Bu, masalan, omborxona bo‘lishi mumkin.

Balkonda un mahsulotini saqlash mumkinmi? Balkonda asosan faqat qishda, sovuq ob-havo boshlanganda saqlash mumkin. Yilning qolgan qismida quyosh nurlari va namligi mahsulotni yaxshi saqlashga imkon bermaydi.

Saqlash muddati

Yodingizda bo‘lsin, pishiriqlarning asosiy tarkibiy qismi yaroqlilik muddatiga ega, buni albatta bilish kerak. Shunday qilib, makkajo‘xori va zig‘ir uni qulay sharoitlarda 3 oydan 6 oygacha, javdar faqat olti oygacha, bug‘doy va guruch 9 oygacha saqlanadi. Ammo past haroratlarda kukunga aylantirilgan donning saqlash muddati 2 yilgacha yetadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.