Sarxil meva va sabzavot tanlashda qo‘l keladigan layfxaklar
O'qildi: 425
Sarxil va sifatli sabzavot hamda meva sotib olishingizda AdMe nashrining quyidagi maslahatlari asqatadi, degan umiddamiz.
Kichik baqlajonlar odatda kattalarga qaraganda mazaliroq bo‘ladi
Foto: AdMe- Mazali va pishgan baqlajon tanlayotganda uning po‘stiga e’tibor bering: u silliq va yaltiragan bo‘lishi kerak. Agar rangi xira bo‘lsa, sabzavot noto‘g‘ri sharoitda saqlangan yoki pishib o‘tib ketgan.
- Yaxshi baqlajonni ezib ko‘rsangiz, biroz siqiladi, sirtida hech qanday chiziq hosil bo‘lmaydi.
- Bandi yashil bo‘lishi lozim. Agar u jigarrang yoki quruq bo‘lsa, unda baqlajon juda uzoq vaqt davomida saqlangan va eskirgan bo‘lishi mumkin.
- Baqlajon poyasida qancha uzoq tursa, u yoqimsiz achchiq ta’mga ega bo‘ladi. Kichik yoki o‘rta o‘lchamdagi sabzavotlarni sotib olgan ma’qul.
- Sarimsoqning qanchalik yangi ekanini bilish uchun uni astalik bilan siqib ko‘rish kerak. Agar u yumshoq yoki vazni juda yengil bo‘lsa, sabzavot eskirgan yoki qurib qolgan.
- Hidi juda kuchli va o‘tkir bo‘lmasligi lozim. Hidi otkir sarimsoq mog‘orlagan bo‘lishi mumkin.
- Sarimsoq nish urib qolgan bo‘lmasin. Ko‘kargan nishlar sarimsoq juda uzoq vaqt qolib ketganini ko‘rsatadi.
- Yangi va sersuv bodring odatda to‘q yashil rangi bilan ko‘zni quvontiradi. Har qanday sariq dog‘lar sabzavotning haddan tashqari pishganini ko‘rsatadi.
- Bodring tarang, silliq bo‘lishi kerak. Buning aksi bo‘lsa, so‘liyotganini ko‘rsatadi.
- Sabzavot o‘rta qismining semizligi urug‘i ko‘pligini anglatadi.
- Bodringni ham kichiklarini tanlagan ma’qul, kattalarida yirik urug‘lar bo‘ladi.
- Bozordan yangi va shirin sabzi olmoqchi bo‘lsangiz, uning hajmiga e’tibor bering. Kichik sabzilar odatda kattalaridan ko‘ra mazali bo‘ladi.
- Pastki qismida o‘q ildizlari bo‘lgan sabzavotlarni olmagan ma’qul.
- Sabzining yangiligi uning barglari bilan belgilanadi: agar u suvli, yashil bo‘lsa, unda sabzavot yangi uzilgan.
- Bulg‘ori qalampirining sifatini po‘stidan aniqlash mumkin — silliq va yorqin. Agar po‘stlog‘ida qora dog‘lar yoki yumshoq joylar bo‘lsa, unda sabzavot aynigan bo‘lishi mumkin.
- Yana bir ko‘rsatkich — bu bandining holati. Agar u yashil bo‘lsa, demak, mahsulot yangi.
- Ko‘rinishidan og‘irroq ko‘rinadigan bulg‘or qalampirini tanlang.
- Sabzavot bo‘laklari soniga qarab “erkak” va “ayol”ga bo‘linadi, degan fikr bor. Aslida, sabzavotlarda jins tushunchasi yo‘q. Bulg‘or qalampiri ta’miga birinchi navbatda yetishtirilgan sharoit ta’sir qiladi.
- Gulkaramning yangiligi barglari bilan aniqlanadi. Agar ular yashil va elastik bo‘lsa, unda sabzavot yaqinda uzilgan. Sariq va qurigan barglar eskira boshlaganidan darak.
- Yana bir omil — hidi. Juda kuchli hidli karam ishtahaochar ta’mga ega bo‘lmasligini anglatadi.
- Gulkaram qaymoqrang bo‘lib, jigarrang nuqta yoki qora dog‘larsiz va bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak. Ularda mog‘or va hasharotlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling
- Pishmagan mevalarni tanlamang. Ular uzoqroq saqlanadi, ammo sotib olayotganda bunday sabzavotlarning sifatini baholash juda qiyin.
- Pomidorlar og‘irroq bo‘lishi bilan birga, juda yumshoq bo‘lmasligi kerak.
- Sirtda qora nuqta yoki dog‘lari bo‘lganini olmagan yaxshi. Ayniqsa, ular bandi yonida joylashgan bo‘lsa.
- Yangi va pishgan pomidor boy va yoqimli hidga ega bo‘ladi. Shuning uchun sabzavotlarni sotib olishdan oldin hidlash kerak.
- Agar oddiy pomidorlar mavsumi bo‘lmasa, unda cherri navidan xarid qiling. Uning mazasi boshqa navlarga qaraganda yaxshiroq saqlanadi
- Yaxshi pishgan bananni po‘stining rangidan osongina aniqlash mumkin. Agar u to‘q sariq, uchlari esa yashil rang bo‘lsa, unda bemalol xarid qilish mumkin.
- Ammo po‘stlog‘i kulrang va xira rangda bo‘lsa, unda meva noto‘g‘ri saqlangan: yoki u muzlatilgan yoki aksincha, haddan tashqari pishib ketgan. Bu esa mevaning ta’miga ta’sir qiladi.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.