Salomatlik Ayollar uchun Uy bekalariga taomni tezroq tayyorlashda yordam beradigan 10 ta layfxak

Uy bekalariga taomni tezroq tayyorlashda yordam beradigan 10 ta layfxak

O'qildi: 443


Uy bekalariga taomni tezroq tayyorlashda yordam beradigan 10 ta layfxak

Har kuni mazali va turfa xil taom tayyorlash bekajonlarning eng birinchi vazifasidir. Chunki oila a’zolarini nonushta, tushlik va kechki ovqatsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bekajonlarga yordam tariqasida tezroq hamda taomlarni oson pishirishda qo‘l keladigan layfxaklarni taqdim etamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Makaronni tovada pishiring

Foto: “Domashniy ochag”

Makaron mahsulotini pishirish uchun uzoq vaqt suv qaynatib o‘tirish shart emas. Shunchaki tovaga sovuq suv quyiladi hamda makaron mahsulotidan keraklicha qo‘shiladi. Mahsulot boshqa idishdagiga nisbatan tezroq pishadi va bir-biriga yopishib ketmaydi.

Don va dukkakli mahsulotlarni ivitish

Foto: “Domashniy ochag”

Donli va dukkakli mahsulotlarni ivitish orqali ularning tarkibidagi tanada so‘rilmaydigan fitin kislotasidan xalos bo‘lish mumkin. Shuningdek, suvga bo‘ktirilgan mahsulotlar tez pishishi bilan yanada vaqtni tejaydi.

Ortiqchasini muzlatish mumkin

Foto: “Domashniy ochag”

Juda ko‘p pishirib yuborilgan mahsulotlarni muzxonada saqlash mumkin. Keyinchalik hafta davomida oz-ozdan ishlatishga qulay bo‘ladi va bu orqali taom tezroq tayyorlanadi.

Sabzavot va mevalarni muzlatib qo‘ying  

Foto: “Domashniy ochag”

Har qanday taom uchun tayyorlangan sabzavotlarni maxsus idishlarga solib muzlatib qo‘yish mumkin. Keyingi safar ularni tozalab va to‘g‘rab o‘tirish uchun vaqt ketmaydi. Shuningdek, mevalar ham sifatini o‘zgartirmasligi uchun muzlatib qo‘yish tavsiya etiladi.

Taomga sarimsoqni oxirida qo‘shing

Foto: “Domashniy ochag”

Oldindan tozalangan sarimsoqni taomga oxirida qo‘shish tavsiya etiladi. Chunki taomni qovurish vaqtida qo‘shilgan sarimsoq unga achchiq maza berish mumkin. Shuningdek, sarimsoq tarkibida allin va enzim fermentlari mavjud bo‘lib, ular foydali allitsin birikmasini hosil qiladi. Sarimsoq tozalanganmaguncha fermentlar bir-birdan ajralib turadi. Shuning uchun ularni ertaroq tozalagan ma’qul.

Go‘shtni metall idishda muzlating

Foto: “Domashniy ochag”

Go‘sht mahsulotlarini muzdan eritish uchun ko‘pchilik mikroto‘lqinli pechdan foydalanadi. Shuning uchun ularni muzlatishda metall idishdan foydalanish yaxshiroq. Sababi metall chinni yoki keramikaga qaraganda tezroq qiziydi va mahsulotni eritishda kam vaqt talab etadi.

Zanjabilning “yoshi”ni tanlang

Foto: “Domashniy ochag”

Zanjabil ta’mini yoqtiruvchilar ularni tozalashni xohlamasa, iloji boricha “yoshi”ni tanlashi kerak. “Yosh” ildizni shunchaki qirg‘ichdan o‘tkazish ham oson.

Achchiq garmdorini muzlatib qo‘ying

Foto: “Domashniy ochag”

Odatda garmdori butunligicha taomga solinadi hamda u shundayligicha qoladi. Ularni isrof qilmaslik uchun maxsus idishga solib, muzlatib qo‘yish mumkin. Keyingi safar taom uchun yana ishlatish samara beradi.

Sabzavotlarni tozalamang

Foto: “Domashniy ochag”

Sho‘rva yoki ragu uchun sabzavotlar po‘stini qalin tozalash shart emas. Shunchaki yaxshilab yuvilib, yupqa po‘stini olish kerak. Shunda ular o‘zida ko‘proq foydali moddalarni saqlab qoladi.

Tuxum sarig‘ini oqidan ichimlik idishi yordamida ajrating

Foto: “Domashniy ochag”

Turli xil shirinliklar tayyorlashda tuxum sarig‘ini oqidan ajratishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun shunchaki toza ichimlik idishi kerak bo‘ladi. Chaqilgan tuxum ustiga ichimlik idishini keltirib, uni bir bora siqib olish kerak. Jarayon bor-yo‘g‘i ikki soniyani talab etadi va tuxum sarig‘i ajralib chiqadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.