Salomatlik Ayollar uchun Eski jihozlarni yangi buyumga aylantirishda qo‘l keladigan layfxaklar (foto)

Eski jihozlarni yangi buyumga aylantirishda qo‘l keladigan layfxaklar (foto)

O'qildi: 445


Eski jihozlarni yangi buyumga aylantirishda qo‘l keladigan layfxaklar (foto)

Agar shkaf yoki oshxona keraksiz narsalar omboriga aylangan bo‘lsa, tashlashga shoshilmaslik kerak. Ehtimol, ba’zi buyumlardan yangi maqsadda foydalanish mumkindir.

Dumaloq oyna uchun ramka

Foto: “Domashniy ochag”

Xrizantemaga o‘xshash bu ramka plastik qoshiqlarni ko‘k ranglarga bo‘yash orqali tayyorlanadi. Buning uchun bir qancha qoshiq kerak bo‘ladi. Yupqa faner yoki qalin karton olinib, ko‘zgu o‘lchamiga mos ravishda kesiladi.

  1. Qoshiqlar tutqichidan kesib olinadi, orqa tomoniga maxsus yelim to‘pponchadan yelim quyiladi va ular ramkaning ichki teshigi bo‘ylab yopishtirib chiqiladi. Qoshiq qatorlari orasidagi masofani kichikroq bo‘lishi kerak, shunda ular yaxshi yopishadi. Shu tariqa 6 qator qoshiq yopishtiriladi.
  2. Yelim qurigach, qoshiqlar bo‘yoq bilan bo‘yaladi.
  3. Barglarning birinchi eng kichik doirasini quyuq ko‘k, har bir keyingi doira ochroq ko‘k bilan tugatiladi. So‘ngra bo‘yoq quritishga qo‘yiladi.
  4. Ko‘zguni ramkaga yopishtirish uchun yelimdan foydalaniladi, shundan so‘ng uni ilgak yordamida devorga osib qo‘yish mumkin.
To‘qima gilam

Foto: “Domashniy ochag”

Har kimning uyida vaqtida xizmat qilgan turli rangdagi eski futbolkalar bor. Ulardan gilamcha to‘qish uchun o‘rib chiqiladi. Buning uchun futbolkalar uzun tasma shaklida kesiladi, biroz burab, to‘qiladi. Gilam yumshoq bo‘lgani uchun uning ustida uxlash ham mumkin.

Mevalar uchun idish

Foto: “Domashniy ochag”

Uch xil o‘lchamdagi qandolat qolipi ikkita shamdon yordamida bir-birining ustiga o‘rnatiladi va natijada ajoyib ko‘rinishdagi qavatli idishga aylanadi. Ushbu idishda mevadan tashqari, zargarlik buyumlarini ham saqlash mumkin.

Jajji guldonlar

Foto: “Domashniy ochag”

Bolalar ovqatlari uchun mo‘ljallangan shisha idishlarni chiroyli guldonga aylantirish mumkin.

  1. Buning uchun shisha idishlarga turli xil ko‘rinishdagi naqshlar chiziladi.
  2. So‘ngra bo‘yaladi.
  3. Oddiy arqon iplar bilan bezak beriladi.
  4. Xona dizaynini yangilash uchun devorga osib qo‘yish mumkin.
Bo‘yinbog‘lardan ajoyib kosmetik sumka

Eski jihozlarni yangi buyumga aylantirishda qo‘l keladigan layfxaklar (foto)

Foto: “Domashniy ochag”

Ikkita eski ipak bo‘yinbog‘ni birlashtirib, ajoyib kosmetik sumkalar yasash mumkin. Bo‘yinbog‘larning tikilgan qismi ochiladi va yaxshilab dazmol qilinadi. So‘ngra to‘rtburchaklar matoning har tarafi tikiladi, faqat bir tomoniga tugma yoki zamok o‘rnatiladi.

Gul uchun tuvak

Foto: “Domashniy ochag”

Avvalgi kir yuvish savati gul tuvagi sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Uning ustiga shunchaki yangi matodan tikilgan qoplama kiydiriladi va ichiga gul joylashtiriladi. Bunday ko‘chat yozda uy ayvonini bezaydi.

Yon daftarlar uchun muqova

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘pchilik hali ham o‘zi bilan yon daftar olib yurishni yaxshi ko‘radi. Rangli karton, tugma va ip yordamida daftar yoki kitoblar uchun ajoyib muqova yasash mumkin. Muqovaga rangli qog‘ozdan bezaklar beriladi, tugmacha tikilib, yopilishi uchun tasma bog‘lanadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.