Atigi ikki mahsulot kifoya: sarg‘aygan vannani oqartirishning eng samarali usuli
Vaqt o‘tib, vannadagi sarg‘ish dog‘lar haqiqiy muammoga aylanishi mumkin, chunki uni tozalash qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Dog‘dan qutulish uchun ko‘pincha maxsus kimyoviy moddalar va qattiq cho‘tkalar tavsiya etiladi. Ammo uy sharoitida tayyorlash oson bo‘lgan oddiy va arzon vosita yordamida vannaning oq rangini qayta tiklash mumki. “Profil” nashri bu borada maxsus layfxak bilan bo‘lishdi.
Foto: ProfilBuning uchun faqat ikkita mahsulotni aralashtirish kifoya: iste’mol sodasi va vodorod periks. Birinchi, idishga besh osh qoshiq iste’mol sodasi solinadi, so‘ngra aralashtirib, vodorod periks quyiladi. Mahsulotlardan bir xil quyuqlikdagi massa hosil bo‘lishi kerak.
Aralashma vannaning yuzasiga gubka yoki cho‘tka bilan qo‘llaniladi. 15 daqiqaga qoldirilib, keyin nam gubka bilan artib olinadi va oddiy suv bilan yuvib tashlanadi.
Bundan tashqari, aralashma vannaning jo‘mrak sohasiga ham surtilishi mumkin. Ushbu oddiy va samarali vosita tufayli ular yangidek porlashni boshlaydi.
Vannani tozalash oson ish emas, chunki u tez-tez kir bo‘ladi va juda tez sarg‘ayadi, suv xlori va zang tufayli asl ko‘rinishini yo‘qotadi. Afsuski, vannani tozalash uchun ko‘pchilik qimmatbaho kimyoviy vositalarni sotib oladi, lekin uni oddiygina usul bilan oqartirish mumkin.
Manba