Salomatlik Ayollar uchun Oq krossovkalarni tozalashda qo‘l keladigan 8 ta layfxak

Oq krossovkalarni tozalashda qo‘l keladigan 8 ta layfxak

O'qildi: 317


Oq krossovkalarni tozalashda qo‘l keladigan 8 ta layfxak

Maxsus tozalash maskanlari hamma joyda ham mavjud emas. Krossovkalar zudlik bilan tiklanishni talab qilsa va professional xizmatlarga vaqt yo‘q bo‘lsa, unda quyidagi tavsiyalarga amal qilgan holda ularni tozalash mumkin. Shuningdek, oyoq kiyimga zarar bermasdan kirdan qanday qilib to‘g‘ri qutulish kerakligini aniqlaymiz.

Foto: Cosmopolitan

Oq krossovkalarni uy sharoitida qanday tozalash kerak?Dastlab oyoq kiyimga yopishgan dog‘larni ehtiyotkorlik bilan olib tashlash kerak. Buning uchun eng yaxshisi poyabzal yuzasini mikrofiber mato yoki oddiy shimgich bilan artib olish mumkin. Agar yuzaga loy bo‘lsa, uni nam mato bilan artish tavsiya etilmaydi: avval poyabzal quritilib, keyin poyabzal cho‘tka yordamidauni yo‘qotish mumkin. Krossovka bog‘ichlarini esa alohida yuvish kerak.

Oq tish pastasi

Oq krossovkani tozalash uchun oddiy oq tish pastasi, shuningdek, eski tish cho‘tkasi yoki poyabzal cho‘tkasi kerak bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, krossovkaning yuzasini iliq suv bilan namlanadi, ozgina pastani cho‘tka ustiga siqib olinadi va poyabzal muloyimlik bilan ishqalanadi. Cho‘tkaning juda qattiq bo‘lmasligi kerak, aks holda materialga zarar yetishi mumkin. Zamsh yoki charmdan yasalgan qo‘shimchalar bo‘lsa, juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Bog‘ichlarni qo‘lda yoki kir yuvish mashinasida yuvish tavsiya etiladi. Ularni tish pastasi yoki oqartgich bilan ishqalab bo‘lgach, sovunli suvda bir muddat yuvish yaxshidir.

To‘liq quriguncha yupqa qatlam qoldiriladi, so‘ngra suv bilan yuvib tashlanadi, qog‘oz sochiq bilan artilib, poyabzal iliq, lekin nam bo‘lmagan joyga qo‘yiladi. Xonada yaxshi havo ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri va issiq batareyalarda quritish mumkin emas.

Iste’mol sodasi

Soda – oqartiruvchi tish pastasiga ajoyib alternativ!Oq krossovkalarni tozalash uchun ozgina sodali suvni iliq suv bilan aralashtiriladi, tish cho‘tkasi bilan ishqalanadi va 30 daqiqaga qoldiriladi. Ayniqsa, o‘ta kir poyabzalni iste’mol sodasini tish pastasi yoki bir choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtirish mumkin. Krossovkalar yuzasi shimgich yoki mato bilan tozalanadi, agar kerak bo‘lsa, ma’lum bir natijaga erishilgunga qadar protsedurani bir necha marta takrorlash mumkin.

Mitsellyar suv

Mitsellyar tarkibida ayniqsa faol zarra – misellar bor, buning natijasida dog‘larni bartaraf etish mumkin. U nafaqat kosmetik maqsadlarda, balki oq poyabzallarni tozalash uchun ham ishlatiladi: paxtani ushbu suv bilan namlash va krossovkalarni yaxshilab artib qo‘yish kifoya. Aytgancha, bu holda, poyabzalni suv bilan yuvish shart emas, shunchaki sirtdagi ortiqcha namlikni qog‘oz sochiq bilan artib, quruq joyga qo‘yish kerak.

Tirnoq tozalash vositasi

Tirnoqlarni tozalash uchun aniq vositani ishlatish maqsadga muvofiqdir. Mahsulotni paxtaga yoki shimgichga quyib, poyabzal artiladi va 20-30 daqiqa ushlab turiladi. Agar dog‘ juda chuqur bo‘lsa, jarayon bir necha marta takrorlanadi, keyin iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi. Ba’zi hollarda, tirnoq tozalash vositasini bir choy qoshiq idish yuvish vositasi bilan aralashtirish maqsadga muvofiqdir.

Kir yuvish sovuni

Sovun – bu har kungi muammolarning davosi. Krossovkalarga kir yuvish sovuni qatlamini qo‘llanadi, to‘liq quriguncha qoldiriladi va keyin iliq suvda yaxshilab yuviladi. Sovunni pichoq yoki qirg‘ich bilan maydalanadi.

Sirka, kir yuvish vositasi, iste’mol sodasi va vodorod periks

Krossovkalarni avvalgi holatga qaytaradigan oqartiruvchi aralashma uchun 2 osh qoshiq sirka teng miqdorda kir yuvish kukuni bilan aralashtiriladi, bir choy qoshiq iste’mol sodasi qo‘shiladi. Olingan aralashmaga bir osh qoshiq vodorod periksni quyiladi. So‘ngra krossovkalarga tish pastasi yaxshilab surtiladi. Aralashmani 10-15 daqiqa ushlab turish, so‘ngra bir necha marta suv bilan yuvish kerak.

Limon sharbati

Krossovkaning yana yangi ko‘rinishda bo‘lishi uchun tabiiy sayqallash vositasini qo‘llash kifoya. 2-3 osh qoshiq limon sharbatini shimgichga siqib, poyabzal yuzasiga surtilado. Agar yetarli bo‘lmasa, jarayon bir necha marta takrorlanadi.

Mashinada yuvish

Kir yuvish mashinasida faqat sifatli materiallardan tayyorlangan bardoshli krossovkalarni yuvish mumkin, aks holda ular bo‘shashib qoladi. Krossovkalarni boshqa narsalardan alohida yuvmaslik kerak. Ularni choyshab yoki mebel qoplamalari bilan yuvish yaxshidir. Shunda krossovkalar mashinaning ichki qismiga zarar yetkazmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.