iPhone naushniklarini uy sharoitida qanday tozalash mumkin?
Eshitish vositalarini tozalash masalasi estetik jihatdan tashqari, ovoz sifati va balandligi kabi muhim omillarni ham o‘z ichiga oladi. Vaqt o‘tishi bilan chang va quloq kiri dinamika yo‘lini to‘sib qo‘yadi, bu ularning sifatli ishlashiga ta’sir qiladi.
Foto: Hi-Tech.Mail.ruiPhone naushniklarini tozalash uchun:
- yumshoq, tuksiz mato(mikrofiber, mikrospan);
- paxta tayoqchalari;
- paxta disklari;
- izopropil spirt;
- vodorod peroksid;
- yumshoq cho‘tka;
- dezinfeksiyalovchi salfetkalar;
- suv solingan kichik idish;
- idish yuvadigan suyuqlik yoki suyuq sovun kerak bo‘ladi.
- Tozalashda igna, sim, qisqich kabi o‘tkir metall buyumlardan foydalanmang.
- Sirtlarni tozalash uchun har qanday abraziv materiallardan foydalanmang.
- Naushniklarni oqar suvda yuvmang.
- Naushniklarni to‘liq qurimaguncha ishlatmang.
- Erituvchi moddalar, tirnoq tozalash vositalari, atseton yoki boshqa kuchli kimyoviy suyuqlik yoki eritmalarni ishlatmang.
AirPods’ni tozalashdan oldin matoni suv bilan namlab, yaxshilab siqib oling. Ichiga suv kirmasligi uchun minigarnituralarning iflos joylarini astalik bilan arting.
AirPods dinamikasi va mikrofon to‘rini tozalash uchun quruq paxtali cho‘pdan, chetlarini tozalash uchun esa yog‘och tish kovlagichdan foydalaning. Asosiysi, to‘r ichiga kirib ketmasligi uchun juda qattiq bosmang.
Foto: Hi-Tech.Mail.ruVaqt o‘tgani sayin naushnik idishi ham ifloslanadi. Plastik keysning chetlarini tozalash uchun tish kovlagichdan foydalaning, naushnik turadigan qismini esa paxtali cho‘pda ehtiyotkorlik bilan tozalang. Eng oxirida keys yuzasini spirt shimdirilgan mato yoki antibakterial salfetka bilan arting.
Foto: Hi-Tech.Mail.ruAgar keysning Lightning qismi kirlangan bo‘lsa, uni kichikroq cho‘tka bilan tozalang.
Foto: Hi-Tech.Mail.ruiPhone naushniklarini quloq oltingugurtidan qanday tozalash mumkin?
Quloq oltingugurti — bu eshitish naychasini namlaydigan va uni bakteriya va zamburug‘lardan himoya qiladigan suyuqlikdir. Bir kishi oyiga 20 milligrammgacha quloq oltingugurtini ishlab chiqarishi mumkin, shu bois kunning ko‘p qismini naushnikda o‘tkazadiganlar uchun moslama to‘rpardasida tiqilib qolgan quloq oltingugurti ovoz va eshitishning asosiy muammosi hisoblanadi.
Oltingugurtni tozalash uchun paxta diski, paxtali cho‘p va vodorod peroksid kerak bo‘ladi.
Buning uchun:- Paxta diskini vodorod peroksidda namlang va uni tekis yuzaga qo‘ying.
- Naushnik to‘rpardasini nam paxta diskiga qaratib qo‘ying, ichidagi kirlar erishi uchun 10-15 daqiqa kuting.
- Oqib tushgan oltingugurtni paxtali cho‘p bilan astalik bilan artib oling.
AirPods Max quloq pardalarini qanday tozalash kerak?AirPods Max’ning quloqchinlari va tasmasini tozalash uchun suv solingan idishga bir necha millilitr idish yuvish vositasi yoki suyuq sovun quying va eritmani aralashtiring.
Foto: Hi-Tech.Mail.ruNaushnik quloqchalaridagi to‘rni yechib oling. Tuksiz matoni aralashmaga botirib, yaxshilab siqib oling va quloq pardalarini arting. Keyin matoni oddiy suv bilan namlang, yaxshilab siqib, sovunli eritmani artib tashlang. Jarayon so‘ngida quruq mato bilan artib oling va ularni joyiga o‘rnating.
Foto: Hi-Tech.Mail.ruEarPods’larni qanday tozalash kerak?
Simli EarPods’ni tozalash uchun spirt bilan namlangan mato yoki dezinfeksiyalovchi salfetka yordamida simni ikki barmoq bilan ushlab, nam mato bilan arting. EarPods naushniklarini tozalash ko‘rsatmalari birinchi va ikkinchi avlod AirPods’lari bilan bir xil.
Foto: Hi-Tech.Mail.ru20 yildan buyon Apple naushniklari o‘z mashhurligini yo‘qotmay kelmoqda. EarBuds’ning birinchi taqdimotidan beri quloqchinlar dizayni, imkoniyatlari va ovoz sifati bo‘yicha turli o‘zgarishlarga uchradi.
Ammo faqat bitta narsa o‘zgarishsiz qoldi — bu qurilmalar hali ham vaqti-vaqti bilan tozalashga muhtoj ekanligi. O‘zini hurmat qiladigan har bir musiqa ixlosmandi aksessuarlarga zarar yetkazmaslik uchun naushniklarni qanday tozalashni va ushbu jarayonni to‘g‘ri bajarishni bilishi lozim.
Manba