Salomatlik Ayollar uchun Nam salfetkalardan foydalanishning ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 11 usuli (foto)

Nam salfetkalardan foydalanishning ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 11 usuli (foto)

O'qildi: 409


Nam salfetkalardan foydalanishning ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 11 usuli (foto)

Nam salfetkalar ko‘pincha har qanday insonning yon sumkasidan topiladi. Nafaqat sumka, uy, mashina va boshqa joylarda ham uning qadog‘ini uchratish mumkin. Quyida ushbu vositaning yana qanday hollarda yordam bera olishi bilan tanishib chiqish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Ro‘molcha sifatida

Foto: “Domashniy ochag”

Shamollash vaqtida har bir inson burni va uning atrofi yallig‘lanishidan biroz yoqimsiz his-tuyg‘ularni boshdan kechiradi. Salfetkalar esa namlabgina qolmay, shamollashni keltirib chiqargan turli xil infeksiyalarni burun atrofidan tozalaydi. Agar nam salfetka ma’qul bo‘lmasa, biroz quritib ham foydalanish mumkin.

Mato sifatida

Foto: “Domashniy ochag”

Nam salfetkalarda faqatgina mebelning changini artish mumkin, deyish noto‘g‘ri fikr. Salfetkalar marker siyohi va qalam izlarini ham tozalashda juda qo‘l keladi. Ushbu layfxak ayniqsa, ofisda foydalidir.

Dezodorant izlarini bartaraf etadi

Foto: “Domashniy ochag”

To‘q rangli kiyimlarda dezodorant dog‘lari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularni zudlik bilan yuvish uchun vaqt kerak. Shunday vaqtda nam salfetkalar bilan hammasi o‘z joyiga tushadi.

Sochni tekislaydi

Foto: “Domashniy ochag”

Jingalak sochlarni tekislash uchun bir qancha vositalar ham mavjud. Ammo shoshilgan vaqtda shunchaki nam salfetka bilan sochlar yuzasini silash kifoya. So‘ngra ularni istagan turmakka kiritish mumkin.

Yog‘och pollarni tozalaydi

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘plab tozalash vositalari haddan tashqari kimyoviy moddalardan tashkil topganligi sababli yog‘och pol uchun mos kelmaydi. Ammo nam salfetkalar nozik teri uchun mo‘ljallanganligi tufayli yog‘och polga zarar yetkazmaydi.

Hammomni tozalash uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Albatta, yaxshilab tozalash uchun bir qancha vositalar mavjud. Ammo vaqt ziq bo‘lganda shunchaki nam salfetka bilan barcha yuza qismlarni, shuningdek, jo‘mraklarni ham yaltiratib artish mumkin.

Qahva dog‘larini ketkazadi

Foto: “Domashniy ochag”

Hali uyqusi ochilmagan odam darrov qahva ichishga o‘tiradi va to‘satdan uning ust kiyimiga to‘kib yuborishi hech gap emas. Kiyimni butunlay yuvish yoki almashtirish shart emas. Bor-yo‘g‘i nam salfetka bilan qahva to‘kilgan joyni yaxshilab artish zarur.

Gilamlarni tozalash uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Och rangdagi gilamlar uchun dog‘lardan yomon narsa yo‘q. Qahva, kola yoki boshqa ichimlikmi?Nam salfetkalarni suyuqlik to‘kilgan hudud ustiga qo‘yish va suyuqlikni quritib olish mumkin. Jarayonni bir necha marotaba takrorlash tavsiya etiladi.

Suratlarni qayta tiklash

Foto: “Domashniy ochag”

Eski suratlarga ruchka bilan chizilgan bo‘lsa, ularni nam salfetka yordamida bartaraf etish mumkin. Suratning o‘ziga esa hech qanday zarar yetmaydi.

Disklarni tozalaydi

Foto: “Domashniy ochag”

Disklardan foydalanish juda yaxshi, ammo keyinchalik ularning yuzasida qirilish paydo bo‘ladi. Nam salfetkalarda disklarni artib, ulardan uzoqroq muddat foydalanish mumkin.

Surat chizish vaqtida

Foto: “Domashniy ochag”

Surat chizish vaqtida nam salfetkalar nafaqat qo‘llarni tozalash uchun, balki kerakli ranglarni hosil qilish uchun ham asqatadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.