Multivarkadan foydalanishning siz bilmagan 5 ta noodatiy usuli
Ushbu oshxona jihozidan faqatgina ovqat pishirish uchun foydalanilmaydi. “Lisa.ru” nashri multivarkani yana qanday maqsadlarda ishlatish mumkinligini ma’lum qildi.
Foto: “Lisa.ru”Sovun yoki sham tayyorlash mumkin
Tabiiy xushbo‘y sovunni tayyorlash uchun kerak bo‘ladi: 1/3 chashka sovun suyuqligi, suv, kokos, zaytun va har qanday yog‘(har biri taxminan 150 g). Barcha ingrediyentlar aralashtiriladi va sovun uchun maxsus silikon qolipga solinadi. Multivarkada 60 daraja haroratda 2-3 soat davomida pishiriladi. Xuddi shu usulni sham tayyorlashda qo‘llash mumkin: mum multivarkada eritib olinadi, xushbo‘y moy qo‘shib, qolipga quyiladi.
Yoqimsiz hiddan qutulish va havoni namlash imkoniyati mavjud
Pishirish paytida qurilma ichidagi bug‘ teshiklardan chiqib ketadi. Yoqimsiz hidni yo‘qotish uchun idishni ⅔ suv bilan to‘ldirish kerak, ozgina apelsin yog‘ini tomizib, ichiga maydalangan sitrus mevalari solinadi. Qurilmaning ishlash tezligi eng quyi bosiqchga qo‘yilib, yoqimli ifordan zavqlanish mumkin. Xonani namlash uchun xuddi shunday usuldan foydalaniladi, faqat sitrus mevalari o‘rniga evkalipt yog‘ini qo‘shiladi. Bu shamollash, o‘pka kasalliklari, bronxlarga yordam beradi va havoni dezinfeksiya qiladi.
Tabiiy kosmetika tayyorlash
Multivarkaning dimlab pishirish funksiyasi yordamida terini parvarish qilish mahsulotlarini tayyorlash mumkin.
Lab uchun balzam
Buning uchun teng nisbatda asal mumi, kokos va bodom yog‘i kerak bo‘ladi. Ingrediyentlar eritib olinadi va qoliplarga quyiladi. Bir urinishda bu kabi balzamlardan bir nechtasini tayyorlash mumkin.
Oziqlantiruvchi krem
Asal mumi, zaytun, kokos va shi yog‘ini multivarkada eritib, suyuq E vitamini qo‘shiladi. U quyuqlashguncha pishiriladi. Ushbu krem noqulay ob-havo sharoitlardan himoya qiladi, chivin chaqishi va kuyishlarda yordam beradi.
Eski bo‘yoqni metalldan olib tashlash
Agar bo‘yoqni temir armaturalardan(masalan, eshik tutqichlaridan yoki panjaradan)tozalash kerak bo‘lsa, idishda sovun eritmasi tayyorlanadi va mahsulot 15-20 daqiqa davomida qaynatib olinadi. So‘ngra kerakli joyga quyiladi va bo‘yoq o‘z-o‘zidan chiqib ketadi.
Plastilin tayyorlash mumkin
Plastilinni atigi 30 daqiqada tayyorlash mumkin. Multivarka ichida un, makkajo‘xori kraxmali, kristall qoldiq, tuz, bo‘yoqlar va kungaboqar yog‘i qaynatiladi. Massa tayyor bo‘lgach to‘liq sovishi uchun bir necha soatga qoldiriladi.
Manba