Konnyakudan ultratovushli cho‘tkagacha: uy sharoitida yuz terisini tozalash bo‘yicha qo‘llanma (foto)
Yuzaki ajinlarsiz, toza, sog‘lom va yorqin teri – har bir ayolning asosiy orzusi. Teri parvarishi yo‘lida bir nechta tozalash qoidalari mavjud. Shuningdek, kosmetologlar yuz tozalashda faqat skrab va piling bilan cheklanib qolmaslikni maslahat beradi, bu borada byuti-gadjetlardan unumli foydalanish mumkin.
Foto: CosmopolitanEhtimol, allaqachon do‘kon va internetda terini tozalash uchun juda ko‘p miqdordagi go‘zallik yordamchilari mavjudligini ko‘rish mumkin: qo‘lqop, yumshoq tozalagichlar va turli xil cho‘tka kabilar. Xo‘sh, ular bir-biridan qanday farq qiladi, kimlar ulardan foydalanishi mumkin?Buni esa avval aniqlab olish kerak.
Makiyajni tozalash uchun qo‘lqop va salfetkalar
Foto: CosmopolitanUlar mutlaqo hamma uchun, sezgir va ta’sirchan teriga ham mos keladi. Haqiqat shundaki, salfetka va qo‘lqoplarning maxsus tarkibi va materiali tufayli ularning ikkisidan ham kosmetika va turli xil g‘uborlarni qo‘shimcha vositalarsiz tozalashi mumkin. Salfetkalar odatda terining barcha turlari uchun mo‘ljallangan maxsus tozalovchi kosmetik vositalar bilan namlangan. Yumshoq qo‘lqoplar ham har qanday rang, shakl va o‘lchamda mavjud. Ularning yordamida yengil massaj tufayli qon mikrosirkulatsiyasi yaxshilanadi. Umuman olganda, ushbu mahsulotlar har kimning vositalar javonida bo‘lishi kerak.
Tozalagich va sponjlar
Foto: CosmopolitanUlarning g‘ovakli tuzilishi yuzning har bir teshigini tozalaydi. Tabiiy, dengiz minerallari bilan to‘yingan va bir qancha afzalliklarga ega bo‘lgan shimgichdan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu vosita allergiya keltirib chiqarmaydi va undan uzoq muddat foydalanish mumkin. Ayniqsa, o‘ta kuchli makiyajni tozalashda juda qulay. Yuz yuvilgandan keyin uni yaxshilab tabiiy holda quritish kerak.
Konnyaku va cho‘tka
Foto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanSponj-konnyaku bozorlarda yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo ular allaqachon byuti-blogerlar tomonidan sevib foydalaniladi. Ular o‘simliklar ildizidan yasalganligi sababli butunlay tabiiydir. Teri ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda turli xil shimgichlarni tanlash mumkin. Shuningdek, ushbu vositalardan kunning har qanday qismida foydalanish mumkin. Chunki ular terini shikastlamaydi va bezovta qilmaydi. Bundan tashqari cho‘tkalar intensiv tozalash uchun yaxshi, ular imkonsiz bo‘lgan joylar, masalan, burun burchaklarini tozalash uchun juda qulaydir. Qolaversa, cho‘tka foydalanuvchilari qora nuqta uchun bundan yaxshi vosita yo‘q, deb biladi.
Silikon massaj vositasi
Foto: CosmopolitanQisqa silikon tukli massaj vositalari biroz tebranadi. Bu esa teshiklarni tozalashni osonlashtiradi. Ushbu gadjetlar terida yog‘, keratin va bo‘yanish qoldiqlarini olib tashlashi uchun bir necha daqiqa kifoya. Cho‘tkaning silikon yuzasi nozik terini tozalab, yoshartiruvchi massajni amalga oshiradi. Odatda bu kabi cho‘tka ishlab chiqaruvchilari giperkeratoz, komedonlardan tashqari, ajinlarni kamaytirish, qarishning dastlabki belgilarini kamaytirishning sekinlashtirishi, terining rangi va tuzilishini tenglashtirishni va’da qiladi. Kosmetologlar ushbu vositadan haftada 2-3 marta foydalanishni tavsiya etadi.
Foto: CosmopolitanElektron cho‘tka
Foto: CosmopolitanTabiiy tolalardan tashkil topganiga qaramay, foydalanishda biroz ehtiyot bo‘lish kerak. Bunday cho‘tkalar ta’sirchan va quruq terilar uchun mos kelmaydi. Chunki uskuna maksimal darajada ishlaydi. U chuqur sohalarni tozalash, yuz terisini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Ushbu vostadan haftada bir marta foydalanish tavsiya etiladi.
Foto: CosmopolitanHar qanday massaj vositasini tanlaganda, undan foydalanish qoidalariga amal qilish zarur:
- uskunaning har qanday detalini toza va quruq joyda saqlash zarur. Nam joyda turli xil mikrob va bakteriyalarning ko‘payishi va yuzga nojo‘ya ta’siri ortishi mumkin.
- tozalash jarayonida so‘gal, papilloma va boshqa yallig‘langan joylarga ehtiyot bo‘lish kerak.
- cho‘tkalardan foydalanishdan avval taroqlar yordamida avvalgi bo‘yoq qoldiqlarini olib tashlash zarur.
- husnbuzar va gerpes mavjud bo‘lsa, cho‘tkalarni ishlatmaslik tavsiya etiladi. Chunki infeksiya butun yuz terisiga tarqalishi mumkin.
- husbuzarlarni yo‘qotish vaqtida cho‘tkadan haftasiga ikki martadan ko‘p foydalanish mumkin emas.
- tozalash jarayonida yuz terisini qattiq bosmaslik kerak, bu unga shikast yetkazishi mumkin.
- massaj jarayonida yuqori tezlikdan foydalanmagan ma’qul, u yuz terisini osilib qolishiga olib keladi.
- cho‘tkadan boshqa insonlar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish lozim.
Manba