Guruchdan ovqat tayyorlashdan boshqa yana qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?
Foydali va to‘yimli ekani bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan guruchdan kundalik turmushdagi ayrim muammolarga yechim sifatida ham foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Telefonga suv tegsa
To‘satdan telefoningizga suv tushgan bo‘lsa, vahimaga tushmang. Qurilmani guruch bilan to‘ldirilgan paket yoki tarelkaga qo‘ying. Guruch ortiqcha namlikni olish xususiyatiga ega. Shuningdek, tuz nam tortib qolgan bo‘lsa ham, unga guruch qo‘shib yechim topish mumkin.
Guruchdan “grelka” qilsa bo‘ladi
Tikilgan yoki tayyor qopcha olib, uni guruch bilan to‘ldiring, mikroto‘lqinli pechda qizdirib, og‘riq bor tana sohasiga qo‘ying.
Guldon yoki boshqa idishlarni tozalash mumkin
U xuddi skrabdek natija beradi. Og‘zi ingichka idishlarni yuvishga qo‘lingiz sig‘maydigan bo‘lsa, uning ichiga idish yuvadigan gel tomizing va ustidan guruch solib, yaxshilab silkiting. Guruch harakatlanib, idish ichki devoridagi kirlarni ketkazadi.
Meva va sabzavotlarning yetilishiga yordam beradi
Ba’zi meva va sabzavotlarni tezroq pishib-yetilishini istasangiz, ularni guruch solingan konteyner ichiga qo‘yib qo‘ying.
Terini kosmetik vositalardan a’lo darajada tozalaydi
Guruch pishirgandagi suvni tuz qo‘shmasdan avval bir idishga solib oling, sovuting va tonik singari yuzingizga surtib, keyin yuvib tashlang. Guruch terini a’lo darajada tozalash xususiyatiga ega.
Manba