Salomatlik Ayollar uchun Faqat libos uchun emas: Kiyim ilgichdan yana nima maqsadda foydalansa bo‘ladi?

Faqat libos uchun emas: Kiyim ilgichdan yana nima maqsadda foydalansa bo‘ladi?

O'qildi: 376


Faqat libos uchun emas: Kiyim ilgichdan yana nima maqsadda foydalansa bo‘ladi?

Shkafda bo‘sh turgan kiyim ilgichlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Ularga kiyim ilishdan tashqari, boshqa maqsadlarda ham foydalansa bo‘ladi.

Ko‘zoynaklarni ilish uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Kiyim ilgichga ko‘zoynaklarni tartib bilan osib qo‘yishingiz mumkin. Bu bilan siz muhim aksessuarni qayerga qo‘yganingizni topa olmaslik kabi muammoga yechim topasiz.

Gazeta va jurnallar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Gazeta va jurnallarni kiyim ilgichga osib qo‘yish orqali ularni yoyilib yotishi va sahifalari g‘ijimlanishining oldini olasiz.

Sharf va kalitlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Yog‘ochdan ishlangan kiyim ilgich bilan devorni bezab, unga kalit yoki sharflarni ilib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun ikkita kiyim ilgichning bir tarafini olib tashlang va o‘rtasidan yopishtirib qo‘ying.

Suratlarni ilish uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Kiyim ilgichdan surat ramkasi o‘rnida foydalansa bo‘ladi. Buning uchun qisqichli kiyim ilgich ishlatishingiz yoki alohida qisqich bilan suratni qistirib qo‘ysangiz bo‘ladi.

Ko‘zgu uchun bezak

Foto: “Domashniy ochag”

Kiyim ilgichdan quyoshni esga soladigan dekoratsiya sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Buning uchun metalldan ishlanganlarini bukib, birlashtirib chiqish va dumaloq ko‘zgu ortiga yopishtirishning o‘zi kifoya.

Xona gullari uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Uzun bo‘lib o‘sadigan xona gullarini dumaloq qilib buklangan kiyim ilgichga o‘rashingiz mumkin.

Gulchambar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Shuningdek, metall kiyim ilgichlardan gulchambar asosi sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun dumaloq shaklga keltirilgan kiyim ilgichga gul va barglarni o‘rab chiqish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.