Salomatlik Ayollar uchun Mikroto‘lqinli pechda kapuchino tayyorlash va barchaga qo‘l keladigan boshqa 10 tavsiya

Mikroto‘lqinli pechda kapuchino tayyorlash va barchaga qo‘l keladigan boshqa 10 tavsiya

O'qildi: 260


Mikroto‘lqinli pechda kapuchino tayyorlash va barchaga qo‘l keladigan boshqa 10 tavsiya

Deyarli barchaning xonadoni va ishxonasida bor ekaniga qaramay, ko‘pchilik mikroto‘lqinli pechdan faqat taom isitishda foydalanadi. Ammo ushbu texnika sizga ko‘p marotaba yordamchi bo‘lishi mumkin.

Foto: Freepik

Isitish qoidalari:

  • Makaron, grechka singari mahsulotlar isitilganda quruq bo‘lib qolmasligi uchun tarelkaga oddiy salfetka soling.
  • Pitssa isitadigan bo‘lsangiz, tarelka yoniga bir stakan suv qo‘yganingiz yaxshi.
  • Buterbrodlar yaxshi isishi uchun tarelka o‘rtasiga emas, chetiga qo‘yish kerak.
Ziravorlar

Shivit, petrushka, rayhon va boshqa ko‘katlar so‘lib qolgan bo‘lsa, ularni qog‘ozga solib, mikroto‘lqinli pechda bir necha daqiqaga qo‘ying. Shundan keyin maydalab, ziravorlar turadigan idishga solib qo‘ysangiz bo‘ladi. Agar tayyor ziravorlar uzoq saqlanganidan keyin o‘z iforini yo‘qotadigan bo‘lsa, ularni mikroto‘lqinli pech ichiga 15—20 soniyaga qo‘ying. Keyin bemalol tayyor taomlarga qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.

Non va pishiriqlar

Non yoki qotib qolgan pishiriqni nam sochiqqa o‘rab 10 soniyaga mikroto‘lqinli pech ichiga qo‘ying.

Kapuchino

Mazali kapuchinoni qimmat qahva mashinasisiz ham tayyorlash mumkin. Buning uchun 2 foizli sutni banka ichiga soling, qopqog‘ini yopib, yaxshilab chayqating. Qopqoqni ochmasdan 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying, keyin esa qopqoqni ochib, yana 30 soniyaga qo‘ying. Ko‘pikli sutni tayyor qahvaga qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.

Piyoz

Artish va to‘g‘rash davomida ko‘z yoshlanmasligi uchun piyozni bo‘laklarga bo‘lib, 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

Sarimsoq

Artish oson bo‘lishi uchun sarimsoq piyozni 15 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yish tavsiya qilinadi.

Pomidor

Po‘stini artish oson bo‘lishi uchun pomidorni 30 soniya mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

Qovoq va qovoqcha

Ushbu mahsulotlarni artish qiyin bo‘lmasligi uchun mikroto‘lqinli pech yaxshi yordam bera oladi.

Greypfrut

Agar greypfrutni tez va bir zumda artishingizga hojat bo‘ladigan bo‘lsa, 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Ishingiz oson bo‘ladi.

Lavlagi

Yuvilgan va po‘sti artilgan lavlagini paket ichiga solib, mikroto‘lqinli pechga 10 daqiqaga qo‘ying. Lavlagi tayyor, uzoq vaqt qaynashini kutishingiz shart emas.

Yong‘oq

Istalgan yong‘oq va pistani mikroto‘lqinli pechda tayyorlash mumkin. Tarelkaga solingan pista ustidan biroz yog‘ soling, mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. 10—15 soniya turganidan keyin qayta 3—5 marta pechga qo‘ying.

Asal

Qotib qolgan asalni eritish uchun ham bankani 30—40 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yish tavsiya qilinadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.