Salomatlik Ayollar uchun Yangi poyabzal qutisidan chiqadigan gelli paketdan qanday maqsadda foydalansa bo‘ladi?

Yangi poyabzal qutisidan chiqadigan gelli paketdan qanday maqsadda foydalansa bo‘ladi?

O'qildi: 368


Yangi poyabzal qutisidan chiqadigan gelli paketdan qanday maqsadda foydalansa bo‘ladi?

Poyabzal qutisi yoki sumka ichidagi kichkina qog‘oz paket ichidagi kremniy dioksidli donachalar silikagel deb ataladi. Suv va namlikni o‘ziga tortish xususiyatiga ega bo‘lgani sabab oyoq kiyim, sumka va texnika qutisiga solinadigan silikageldan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Finders freeTelefon va kamera

Telefoningiz suvga tushib ketsa yoki unga qandaydir ichimlik to‘kilib ketadigan bo‘lsa, tezlik bilan harakat qilishingiz kerak. Uni o‘chirib sim kartasi va fleshkasini oling. Keyin silikagelli paketchalari bor idishga soling. Uning o‘rniga guruch solingan idishdan foydalansangiz ham bo‘ladi. Qog‘oz paketchalar texnikadan sovuq havoda foydalanib keyin issiq joyga qaytganda namlikni yo‘qotishga yordam berishi mumkin.

Piska ( lezviya)

Ishlatilganidan keyin tez qurishi va o‘tmas bo‘lib qolmasligi uchun foydalangandan keyin britvani alohida idishga soling va unga bir-ikkita gelli paket qo‘ying. Shunda uzoq vaqt xizmat qiladi.

Foto: Domashniy ochag

Asbob-uskunalar

Asbob-uskunalar yoki mix qutisiga ikki paket silikagel solib qo‘yish, hatto ular qandaydir sabab bilan nam bo‘lgan taqirda ham, zanglashining oldini oladi.

Taqinchoqlar

Namlikda qorayishi mumkin bo‘lgan kumush taqinchoqning yoniga silikagelli paket solib qo‘yish tavsiya qilinadi. Shuningdek, ushbu maslahat kumushdan ishlangan idish tovoq va boshqa buyumlarni saqlashda ham ish beradi.

Choyshab va sochiqlar

Shkafdan namlik, choyshab va sochiqlardan mog‘or hidi anqimasligi uchun polkalarga bir nechta silikagelli paket qo‘yib qo‘ying.

Poyabzal va sumka

Nam va ho‘l, ertalabgacha qurishi kerak bo‘lgan sumka va poyabzal ichiga gelli paket solib qo‘yish yaxshi samara beradi.

Urug‘ va dukkakli mahsulotlar

Urug‘ va dukkakli mahsulotlarni namlikdan himoya qilish va saqlash davomida mog‘or bosishining oldini olish uchun ham yuqoridagilar singari gelli paketdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Foto: Domashniy ochag

Chamadon

Ayrim kiyim-kechaklardan keyin chamadonga nam hid o‘tirib qolmasligi uchun ichiga silikagelli paketchalarni solib qo‘ying.

Vitamin va dori vositalari

Aslida vannaxonada dori va vitaminlarni saqlash umuman noto‘g‘ri. Lekin sizga shunday qulay bo‘ladigan bo‘lsa, namlik sabab vaqtidan avval yaroqsiz bo‘lib qolmasligi uchun ular saqlanadigan idishga gelli paketchalarni solib qo‘ying.

Qo‘shimcha tavsiya: Silikagelli paketlardan belgilanganidek foydalanmaydigan bo‘lsangiz, havodagi namlikni o‘ziga olmasligi uchun uni germetik yopiladigan idishda saqlang. Agar namlikni o‘ziga olmayotganini payqab qolsangiz, gelli paketlarni 30 daqiqaga 100 daraja qizigan pechga qo‘yish tavsiya qilinadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.