Mikroto‘lqinli pechda isitish tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar
Bugungi kunda deyarli har bir xonadonda bo‘lgan mikroto‘lqinli pech shoshganda mahsulotlarni bir zumda isitib berishi bilan ayni muddao. Ammo undan foydalanayotganda hamma narsani ham ichiga qo‘yaverish yaramaydi.
Achchiq qalampir
Foto: AdMeQalampirda kapsaitsin birikmasi bisyor bo‘ladi. Agar uni mikroto‘lqinli pechda qizdirilsa, ushbu modda havoga tarqalishi mumkin bo‘ladi. Bu esa ko‘z va tomoq shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin.
Tomat sousi
Foto: AdMeTomat sousi mikroto‘lqinli pech ichida otilib, hamma yerga sachrashi mumkin. Haddan ortiq quyuqligi hisobiga suvning parlanishi qiyin kechadi va u bug‘ ko‘rinishida yuqorida to‘planadi hamda mikroto‘lqinli pech ichiga sachraydi. Aynan shu sabab ham tomat sousli pasta solinganda mikroto‘lqinli pechning ichi rasvo bo‘ladi.
Uzum
Foto: AdMeUzumni mikroto‘lqinli pech ichida qizdirsa va donachalari bir-biriga yaqin bo‘lsa, maxsus zaryadlangan zarrachalar paydo bo‘ladi. Bu esa pechning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Quritilgan meva va sabzavotlar
Foto: AdMeMeva va sabzavotlarni mikroto‘lqinli pechda eritish yaxshi fikr emas. Gap shundaki, foydali xususiyatlar kanserogenga aylanishi mumkin. Shu sabab ham muzdan eritmoqchi bo‘lganda ushbu mahsulotlarni kechasi sovitkichga qo‘yib qo‘yishning o‘zi kifoya.
Sosiskalar
Foto: AdMeQayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini nafaqat mikroto‘lqinli pechda, balki shunchaki qizdirish ham yaramaydi. Yuqori haroratda xolesterin oksidlanishi kuzatiladi. Oqibatda organizm uchun zararli bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi.
Nordon sut mahsulotlari
Foto: AdMeAslida sut va nordan sut mahsulotlariga termik ishlov berishning yomon tarafi yo‘q, ammo mikroto‘lqinli pechda qizdirish haqida bunday deb bo‘lmaydi. Chunki unda isitish zararli moddalar, masalan, transyog‘ kislotalarning ko‘payishiga olib keladi.
Pishloq
Foto: AdMeO‘tkazilgan tajribalardan birida pishloq bilan mikroto‘lqinli pechning hamisha ham chiqishavermasligi aniqlangan. Jarayonda oq nordon pishloq turiga mansub nabulsi 10 daqiqa davomida mikroto‘lqinli pechda qizdirilgan. Shundan keyin tarkibi yaxshilab tekshirilgan. Unda pishloq tarkibidagi eng foydali moddalarning sezilarli qismi yo‘qolgani, antikanserogen komponentlar kamaygani aniqlangan.
Bolalar taomi
Foto: AdMeShuningdek, mikroto‘lqinli pechda ona suti va bolalar yeguliklarini isitish ham tavsiya qilinmaydi. Tadqiqotlarda mikroto‘lqinli pech ularni bir xil darajada qizdirmaydi. Qaynoq qismi bolaning og‘zini kuydirishi mumkin.
Go‘sht
Foto: AdMeGo‘sht ham bir xil isimagani hisobiga yaxshi termik ishlov berilmagan qismlarida zararli bakteriyalar qolib ketishi mumkin.
Manba