Salomatlik Ayollar uchun Mikroto‘lqinli pechni qanday qilib tez va oson tozalash mumkin?

Mikroto‘lqinli pechni qanday qilib tez va oson tozalash mumkin?

O'qildi: 318


Mikroto‘lqinli pechni qanday qilib tez va oson tozalash mumkin?

Hech qanday shubha yo‘qki, mikroto‘lqinli pech inson hayotiga hayratlanarli darajada yengillik kiritdi. Ammo oziq-ovqat qoldiqlari devorlarga, eshikning ichki qismiga yoki pech shiftiga sachrashiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus himoya qopqog‘idan foydalanish ham ish bermaydi, u tezda kir bo‘ladi. Shuningdek, uni yuvish mashaqqat ham talab etadi. Ammo quyida bu jarayonni sezilarli darajada osonlashtiradigan bir nechta maslahatlar mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Mikroto‘lqinli pechni yuvish uchun maxsus kimyoviy vositalardan foydalanish mumkin. Yoki oddiygina iste’mol sodasi, idishlarni yuvish vositasi yoki sirka(oq yoki olma)va limon sharbati kerak bo‘ladi. Ammo plastik yuzalarni yo‘q qiladigan va mikroto‘lqinli pechning ishlash muddatini qisqartiradigan oqartirgichdan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Mikroto‘lqinli pechning ichki qismini qanday tozalash kerak?

Albatta, mikroto‘lqinli pechning devorlari va shiftini tozalash vositasi bilan artib, keyin uni suv bilan yuvish mumkin. Lekin, birinchi navbatda, bu noqulay, ikkinchidan, mahsulotning qoldiqlari devorlarda qolib, keyingi mahsulot ustiga tushishi mumkin bo‘lgan xavf har doim mavjud. Ammo boshqa yo‘li ham bor.

Bitta limonning sharbatini siqib olinadi, limonni mayda bo‘laklarga bo‘lib, bir stakan suv bilan aralashtiriladi va mikroto‘lqinli pechda ishlatish uchun mos chuqur idishga solinadi. Bir-ikki osh qoshiq olma sirkasi qo‘shiladi. Aralashma bilan idish mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi, u maksimal quvvat bilan yoqilib, suyuqlik qaynaguncha va pech oynasi tuman bo‘lguncha kutiladi. Yopiq mikroto‘lqinli pechda besh-yetti daqiqa ushlab turiladi, keyin idish olib tashlanadi va nam gubkada artib olinadi.

Mikroto‘lqinli pechning eshigiga yopishgan yog‘ni qanday tozalash kerak?

Mikroto‘lqinli pech nafaqat ichida balki ixtiyoriy ravishda uning sirtida ham yog‘ izlari qoladi. Xo‘sh, eshikni qanday qilib tozalash kerak?

  • Idishlarni yuvish uchun nam gubkaga ozgina iste’mol sodasi sepiladi va yuza artib olinadi. Keyin qolgani nam mato bilan tozalanadi.
  • Agar juda ko‘p yog‘ bo‘lsa yoki u eski bo‘lsa, idishlarni yuvish vositasi yoki mikroto‘lqinli pechni tozalash uchun maxsus geldan foydalanish kerak.
  • Tozalash vositasi shamollatgichlarga tushmasligi uchun uni mato yoki gubka bilan qo‘llash lozim. Elektron boshqaruv elementlariga shikast yetkazmaslik uchun tozalagichni purkash tavsiya etilmaydi.
Mikroto‘lqinli pech hididan qanday qutulish mumkin?

Afsuski, turli taom isitilganda, uning hidi mikroto‘lqinli pechda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu kabi yoqimsiz hidlarni qanday yo‘qotish mumkin?

Oddiy hid uchun iste’mol sodasidan foydalanish kerak: likopcha yoki biror idishga ozgina soda solib, yopiq pechda bir muddat qoldirish kerak. Vosita hidlarni o‘zlashtiradi.

Mikroto‘lqinli pechda biror narsa kuyib ketgan bo‘lsa, hidni yo‘qotish uchun mo‘ljallangan maxsus geldan foydalanish yaxshidir. Yoki limon sharbati bilan suvdan foydalanish mumkin. Buning uchun bitta limon sharbati siqib olinadi, bir stakan suv bilan aralashtiriladi, aralashma idishga quyiladi va yuqori quvvatga bir necha daqiqa qo‘yiladi. Limon sharbati hatto kuygan kabi doimiy va yoqimsiz hidlarni ham mukammal darajada bartaraf etadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.