Mikroto‘lqinli pechda isitish mumkin bo‘lmagan 12 ta mahsulot
Mikroto‘lqinli pech yordamida ovqatni tez va osongina isitish mumkin, lekin hamma mahsulotni ham emas. Ayrim mahsulotlar pechda isitilganda foydali xususiyatlarini yo‘qotadi
Foto: PinterestMikroto‘lqinli pech — har kuni ovqat tayyorlashga vaqti bo‘lmaganlar uchun oshxonadagi eng sevimli yordamchilardan biri. Mikroto‘lqinli pech haqiqatan ham oshxonadagi ishlarni ancha osonlashtirishi va keraksiz qiyinchiliklardan qutqarishi mumkin, lekin unutmaslik kerakki, mahsulotlar isitilganda foydali xususiyatlarini yo‘qotadi, hattoki zararli ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ayrim mahsulotlarni mikroto‘lqinli pechda isitish tavsiya etilmaydi. Mikroto‘lqinlar mahsulot tarkibidagi suv molekulalariga ta’sir qiladi va soviganidan keyin ham buzilgan molekulyar tuzilishi tiklanmaydi.
Tuxum
Foto: Marie ClaireTuxum bekajonlar doimo ishlatadigan mahsulotdir. Ko‘p odamlar nonushtani qaynatilgan yoki qovurilgan tuxumsiz tasavvur qila olmaydi. Retseptlar va pishirish usullarining ko‘pligiga qaramay, shuni esda tutish kerakki, bu masalada mikroto‘lqinli pechdan foydalanmaslik kerak. Haroratning keskin ko‘tarilishi tufayli tuxum ichida bug‘ paydo bo‘ladi, bosim ko‘tariladi, shuning uchun tuxum po‘stlog‘ini tozalash vaqtida otilib ketish ehtimoli juda yuqori.
Achchiq qalampir
Foto: Marie ClaireAchchiq qalampir ham xuddi tuxum kabi mikroto‘lqinli pechda qizdirilganda yorilib ketishi va eng yomoni esa yonib ketishi mumkin. Meva tarkibida kapsaitsin mavjud. Qalampir mikroto‘lqinli pechda pishirilsa, kapsaitsin aerozolga aylanadi, natijada mikroto‘lqinli pechni ochish bilan yuz va qo‘llaringizni kuydiradigan qalampir sepiladi.
Muzlatilgan go‘sht
Foto: Marie ClaireMikroto‘lqinli pech kechki ovqat tayyorlashda eng yaxshi yordamchi deb hisoblansa-da, aslida unday emas. Mikroto‘lqinli pechda mahsulotni muzdan tushirish paytida oziq-ovqat tarkibidagi bakteriyalar soni ko‘payadi, bu esa oziq-ovqat infeksiyalari paydo bo‘lishiga olib keladi. Go‘sht zararli bo‘lib qolishidan tashqari, to‘liq erimaydi: yuqori qatlam erigan bo‘lsa ham, ichi muzlab qoladi. Ba’zida mikroto‘lqinli pechda erigan go‘shtning qirralari kul rangga aylanadi. Shuning uchun eng to‘g‘ri yo‘l muzlagan go‘shtni tabiiy yo‘l bilan eritish tavsiya etiladi.
Sut mahsulotlari
Foto: Marie ClaireSut yoki qatiqni tezda isitish uchun mahsulotni muzlatkichdan oldindan chiqarib, biroz kutish yaxshiroq. Mikroto‘lqinli pechda esa tirik laktobakteriyalar va bifidobakteriyalar tezda yo‘q bo'lib ketadi va mahsulotlarda foydali xususiyatlar deyarli qolmaydi. Bundan tashqari, sutning mazasi nordon bo‘lib qolish ehtimoli mavjud.
Ona suti yoki chaqaloq bo‘tqasi
Foto: Marie ClaireOna suti va bo‘tqa mahsulotlarini mikroto‘lqinli pechda isitish tavsiya etilmaydi. Issiqlik nurlanishi notekis taqsimlangan, shuning uchun sut qismlarga bo‘linadi va eng qiziganlari bolani osonlikcha kuydirishi mumkin. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mikroto‘lqinli pechda isitilgandan so‘ng ona sutida immunostimulyatsiya qiluvchi oqsillar yo‘qoladi va foydali xususiyatlarini minimallashtiriladi. Ko‘krak sutini yoki bo‘tqani issiq suvli idishda yoki qizdirish eng to‘g‘ri usullardan biridir.
Kolbasa va sosiska mahsulotlari
Foto: Marie ClaireKo‘rinib turibdiki, qaynatish yoki qovurish o‘rniga, mikroto‘lqinli pechda kolbasa yoki sosiskalarni isitishdan ko‘ra osonroq va tezroq narsa yo‘q. Bunday holda yurak xastaligining rivojlanish xavfi yuqori, chunki qizdirilganda qayta ishlangan mahsulotlar oksidlanishni hosil qiladi.
Kartoshka
Foto: Marie ClaireKartoshkada ko‘p miqdorda kraxmal bor, ular mikroto‘lqinlar ta’siri ostida suv bilan o‘zaro ta’sirlanadi. Reaksiya natijasida mahsulotning ozuqaviy qiymati minimal darajaga tushadi va iste’mol qilinganda oshqozon osti bezi yukini oshiradi va organizmga zarar yetkazadi.
Donli yorma
Foto: Marie ClaireDonli yormalarni isitish tanadagi sog‘lom hujayralarni yo‘q qilishi mumkin. Mikroto‘lqinlar ta’sirida donlardan erkin radikallar ajralib chiqadi. Vujudga kirganda ular tuzilishini qayta tiklashga va oshqozon-ichak traktining shilliq qavatidan foydali komponentlar olishga harakat qiladi.
Muzlatilgan mevalar
Foto: Marie ClaireMevalarni muzlatish odatiy va to‘g‘ri amaliyotdir, ayniqsa ularning foydali xususiyatlari saqlanib qoladi. Asosiysi, muzdan eritish uchun mikroto‘lqinli pechdan foydalanmaslikka harakat qilish lozim. Rezavor mevalar tarkibiy qismlarning aksariyatida, ayniqsa, C vitamini yo‘qoladi. Mevalar mikroto‘lqinli pechda yorilib ketishi mumkin: butun qobiq va ichidagi ko‘p miqdordagi namlik bu jarayonni qo‘zg‘atadi.
Qo‘ziqorinlar
Foto: Marie ClaireMikroto‘lqinli pech qo‘ziqorinlarda oqsil miqdori yuqori bo‘lganligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Isitilgandan so‘ng oqsilning tuzilishi o‘zgaradi, shuning uchun qo‘ziqorinlarni qayta isitmaslik kerak. Va bunday qo‘ziqorinlarni tez-tez iste’mol qilish oshqozonning to‘g‘ri ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Asal
Foto: Marie ClaireVaqt o‘tishi bilan asal quyuqlashadi va kristallanadi. Bu tabiiy jarayon mahsulot sifatining yuqori ekanligini isbotlaydi. Issiqlik bilan dastlabki mustahkamlikni qaytarishga urinmaslik kerak, mahsulotning barcha foydali xususiyatlari yo‘qoladi.
Ko‘katlar
Foto: Marie ClaireMikroto‘lqinli pechda qizdirilgan ko‘katlar ta’mi va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. O‘simliklar tarkibida nitratlar bor, ular harorat ko‘tarilganda xavfli organik toksik birikmaga aylanadi, ularni iste’mol qilish zaharlanish va hazm jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Manba