Folga yoki pergament? Ulardan qanday holatlarda foydalanish kerak?
Pechenye, sabzavotli taom yoki go‘shtni pechda pishirish uchun doimo folga yoki pergament qog‘ozdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ammo ular aynan nima uchun mo‘ljallanganiga qaramay, duch kelganini ishlatish holatlari ko‘p bora kuzatiladi. Quyida ikkisidan qachon va qanday maqsadda foydalanish haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Qanday mahsulotlar folga yoki pergamentga kamroq yopishadi?
Odatda pergament qog‘ozlari hech qachon pishiriq qoliplariga yopishib qolmaydi. Bordi-yu yopishgan bo‘lsa, demak qog‘ozning sifatsiz turidan foydalanilgan bo‘lish mumkin. Folga qog‘ozlari esa ikki xil bo‘ladi. Yupqa folgalar mahsulot qizarib pishishi uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, folgalardan foydalanishdan avval uni yog‘lash ham mumkin. Ayrim bekajonlar esa baliq yoki go‘sht pishirishda avval to‘g‘ralgan piyozni joylashtiradi.
Qandolat qog‘ozlarini yog‘lash shartmi?
Bu asosan retseptga bog‘liq. Aksariyat hollarda pergamentdan foydalanilganda unga yog‘ surtish shart emas. Agar xamirli taom xamiri juda yopishqoq bo‘lsa, qog‘oz yuzasiga un sepish mumkin. Qolaversa, retseptda “qolipni yog‘lang” deyilgan bandi mavjud bo‘lsa, u ko‘proq qandolat qog‘ozidan foydalanmaydiganlar uchun tegishli bo‘ladi.
Folganing qaysi tomoni bilan pishirgan ma’qul?
Bu asosan folganing turiga bog‘liq. Agar oddiy va qalin folga bo‘lsa, har ikki tomonidan ham foydalanish mumkin. Lekin yopishqoq bo‘lmagan folganing tovlanmaydigan tomoni bilan ishlatgan ma’qul.
Nima uchun folga yoki pergament qog‘ozi mahsulotni butunlay yopishi kerak?
Ikkala qog‘oz ham mahsulot yopishmasligi hamda kuymasligi uchun xizmat qiladi. Shuningdek, jarayondan so‘ng qoliplarni yuvish oson kechadi. Bundan tashqari, folga yoki pergament tufayli taomdagi yog‘ni kamaytirish mumkin.
Pechdagi sabzavotlar uchun folgami yoki pergament?
Pergament qog‘ozidan 210 darajagacha bo‘lgan haroratda foydalanish mumkin. Agar sabzavotlar yuqori haroratda pishirilishi kerak bo‘lsa, folgadan foydalangan yaxshi. Qanday bo‘lmasin, sabzavotlar mazali va yumshoq bo‘lishi uchun ularga zaytun moyini qo‘shish tavsiya etiladi. So‘ngra folgaga o‘raladi. Shuningdek, kartoshkalarni pechda pishirishganda quruq bo‘lib qolmasligi uchun ularga bir nechta muz bo‘laklarini qo‘shish kerak. Issiqlikda erigan muz bo‘laklari kartoshkaga keraklicha namlik beradi.
Pechda pishiriladigan tovuq yoki kurka go‘shti uchun qalin folga
Agar ushbu go‘sht mahsuloti tez muddatda pishirilishi kerak bo‘lsa, unda folgadan foydalanish tavsiya etiladi. Folga ustiga parranda go‘shti joylashtiriladi, yog‘ va ziravorlar sepiladi. So‘ngra folga bilan har tomonlama o‘ralib, ikki tarafidan biroz teshik ochiladi. Go‘sht tayyor bo‘lishiga yarim soat qolganida folga ochiladi. Natijada go‘sht qizarib pishadi.
Foto: “Domashniy ochag”Ammo parranda go‘shti uzoqroq muddatda pishishi kerak bo‘lsa, pergament qog‘ozidan foydalanish mumkin. U ham xuddi folga qog‘oz kabi ishlatiladi, ammo yarim soat qolganida qog‘ozlar butunlay olib tashlanadi va go‘sht qizarguncha pishiriladi. Odatda pergament bu kabi maqsadlar uchun unchalik ham mos emas.
Baliq uchun folga va pergament
Baliq uchun ikkisidan ham birdek foydalanish mumkin. Agar baliqni sabzavotlar bilan birga pishirish kerak bo‘lsa, pergament qog‘ozga o‘raladi. Shunda baliq yumshoq va suvli bo‘lib pishadi. Uning qizarib pishishini xohlaydigan bekajonlar qalin folgaga o‘rab, tayyorlashi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Pechenye uchun pergament
Pechenyelar pergament qog‘ozida pishirilsa, ular bir tekisda pishadi, ko‘rinishi buzilmaydi va yorilib ketmaydi. Folgadan foydalanilsa, shirinliklar rangi biroz to‘qroq chiqishi mumkin.
Pirog uchun qandolat qog‘ozi
Katta dumaloq shaklni folga yoki pergament qog‘ozidan chiqarib olish ancha qiyin. Shuning uchun bekajonlar osongina qandolat qog‘ozidan foydalanadi. Undan kerakli shaklni kesib olish mumkin va bu pirog shakliga ham zarar yetkazmaydi.
Manba