Gilamga yopishgan slaym o‘yinchog‘ini qanday tozalash kerak?
Bolalarning sevimli o‘yinchog‘i — slaym yopishgan gilamni saqlab qolish mumkinmi? Albatta, mumkin. Quyidagi tavsiyalarga amal qilgan holda ushbu muammoni bartaraf eting.
Foto: “Domashniy ochag”Bolalar va hatto ba’zi kattalarning ham ermagiga aylangan turli rangdagi slaym — yopishqoq massalar qo‘lda tayyorlanadi. Afsuski, bu o‘yinchoq yopishqoqligi tufayli uyda ko‘p narsaga zarar yetkazishi mumkin.
Slaymni gilamdan(shuningdek, kiyim-kechak, soch va mebeldan)olib tashlash oson ish emas. Ammo oldindan umidsizlikka tushmaslik kerak. Albatta, muammoning yechimi bor va siz o‘ylagandan ham osonroq. Ko‘pgina slaymlarning asosi yelimdir, bu yaxshi, chunki u eriydi va suv bilan osongina yuviladi.
Slaym dog‘lari qanchalik tez topilsa va uni darhol olib tashlash boshlansa, tozalash imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Buning uchun kerak bo‘ladi:
- suv;
- sirka;
- toza mato;
- qattiq cho‘tka.
Keyin dog‘ 2:1 nisbatda suv bilan suyultirilgan sirka bilan artiladi.
Foto: “Domashniy ochag”Suyuqlik dog‘ga singib ketsagina massa asta-sekin eriy boshlaganini ko‘rish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Taxminan 10-15 daqiqa kutib, qolgan slaym qattiq cho‘tka bilan tozalanadi Dog‘ toza mato bilan artib olinadi va eritma bilan yana ishqalanadi.
Dog‘ to‘liq yo‘qolguncha barchasi takrorlanadi. Jarayon oxirida gilam changyutgich bilan tozalanadi. Agar slaym gilamda rangli dog‘lar qoldirgan bo‘lsa, ularni kislorodli dog‘larni tozalash vositasi bilan ketkazish mumkin.
Agar slaym qurib qolgan bo‘lsa
Agar slaym yopishganiga ancha vaqt bo‘lgan va u allaqachon qurib qolgan bo‘lsa, dog‘ga bir parcha muz qo‘yiladi va uni 10 daqiqaga qoldiriladi. Bu vaqt ichida slaym muzlashi va qattiqlashishi kerak. Shundan so‘ng uni gilamdan ajratishga harakat qilish lozim — butunligicha yoki qismlarga ajratib. Massaning qolgan qismini sirka bilan eritib yuboriladi — nam slaymni tozalash bo‘yicha yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan holda.
Manba