Salomatlik Ayollar uchun Pishiriqlar uchun mo‘ljallangan pergament qog‘ozdan foydalanishning siz kutmagan 12 usuli

Pishiriqlar uchun mo‘ljallangan pergament qog‘ozdan foydalanishning siz kutmagan 12 usuli

O'qildi: 483


Pishiriqlar uchun mo‘ljallangan pergament qog‘ozdan foydalanishning siz kutmagan 12 usuli

Pergament yoki qandolat qog‘ozi 1927-yilda paydo bo‘lgan va hozir deyarli har bir uydan uni topish mumkin. Lekin undan pechning pishiriq varag‘ini himoya qilishdan ko‘ra ko‘proq narsa uchun foydalanish mumkin. “Noviy ochag” nashri buning 12 ta kutilmagan usuli bilan tanishtirdi.

Foto: “Noviy ochag”

Tutqichlar va jo‘mraklar uchun

Foto: “Noviy ochag”

Xromlangan yuzalar, albatta, zamonaviy ko‘rinadi, ammo ularga toza saqlash oson emas. Pergament qog‘oz esa bu borada ajoyib yordamchi. Qog‘oz mum bilan singdirilgan, shuning uchun u bilan tutqichlar artilganda, yuzalarda himoya qatlamini qoldiradi. Bundan tashqari, qog‘oz zanglamaydigan po‘latdan barmoq izlarini tezda olib tashlaydi.

Dazmol uchun

Foto: “Noviy ochag”

Dazmolning sirti qandolat qog‘ozi bilan artilsa, u matolar ustida yaxshiroq harakatlanadi. Shuningdek, pergament qog‘oz yuzasiga tuz sepib dazmol qilish ham mumkin. Ammo dazmol juda eskirgan va tag qismi qoraygan bo‘lsa, yangisini sotib olish yaxshiroq.

Mikroto‘lqinli pech uchun

Foto: “Noviy ochag”

Mikroto‘lqinli pechning devorlariga sous va yog‘lar sachramasligi uchun idishni pergament bilan yopish kerak. Natijada mikroto‘lqinli pechni kamroq tozalashga erishish mumkin.

Kitoblar uchun

Agar tasodifan kitob yoki darslik varaqlariga suv to‘kilsa, sahifalar ajratib olinadi va ularning orasiga pergament qo‘yiladi. Bu usul qog‘oz quriganida burishib qolmasligiga yordam beradi.

Rakovina uchun

Rakovina ostidagi quvurdan suv oqayotgan bo‘lsa, uni pergament qog‘ozi bilan zich qilib o‘rab qo‘yish mumkin.

Bo‘yoq uchun

Qog‘ozdan doira shakli kesilib, bo‘yoq solingan idishga solinadi va qopqoq yopiladi. Bu bo‘yoqda quruq qatlam shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va bo‘yoq sifatini o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Pishloq uchun

Foto: “Noviy ochag”

Supermarketdan uyga qaytgandan so‘ng pishloqdan plastik plyonkani olib tashlab, uni pergamentga o‘rash tavsiya etiladi. Shunda u o‘zining ta’mini yaxshiroq saqlaydi va pishloqqa havo kirishiga imkon beradi.

Matolar uchun

Tabiiy matolarni pergamentda saqlash yaxshi, u namlik va yorug‘likni o‘tkazmaydi.

Shkaflar uchun

Foto: “Noviy ochag”

Vaqt o‘tishi bilan yog‘ va chang qatlami bilan qoplanadigan oshxona jihozlari va muzlatkichlarning sirtlarini himoya qilish uchun pergament ishlatish mumkin. Yaxshi tomoni ularni artib, yuvish shart emas, lekin faqat himoya qog‘ozi qatlamini o‘zgartirish kifoya qiladi.

Zamok uchun

Foto: “Noviy ochag”

Zamok o‘z chizig‘i bo‘ylab tekis harakatlanishi uchun uni pergament qog‘oz bilan surish kerak.

Ochqich uchun

Foto: “Noviy ochag”

Pergament qog‘oz bilan ochqichning ichiga tiqilib qolgan yog‘ni tozalash juda qulay.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.