Salomatlik Ayollar uchun Makaronni pishirishda ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Makaronni pishirishda ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

O'qildi: 280


Makaronni pishirishda ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Makaron mahsuloti yordamida bir-biridan mazali taomlar tayyorlash mumkin. Ammo uni pishirib olishning ham o‘ziga yarasha qoidalari bor. Lekin ko‘pchilik bundan bexabar, shuning uchun bir qancha xatoga yo‘l qo‘yiladi?

Foto: “Domashniy ochag”

Suvga yog‘ qo‘shish

Bunday maslahatni oshxona kitoblarida va boshqa manbalardan topish mumkin, lekin bu makaron mahsulotiga tegishli emas. Makaron pishirganda suvga yog‘ qo‘shish shunchaki mahsulotni isrof qilish deganidir. Aytilishicha, yog‘ pishirish paytida makaron yopishmasligi uchun qo‘shilar ekan. Lekin buning uchun shunchaki makaronni aralashtirish kifoya.

Makaronni sindirish

Odatda spagetti va shunga o‘xshash ingichka va uzun makaronlarni pishirishda bekajonlar uni bir necha bo‘lakka bo‘ladi. Agar yeyish uchun qulay bo‘lsin, desangiz, aynan spagetti sotib olish shart emas. Shuningdek, pishirish uchun chuqur idish bo‘lmasa, avval bir uchi, mahsulot yumshagach, qolgan qismi solinadi.

Suvda yuvish

Professionallarni chalg‘itadigan yana bir katta xato — makaronni suv ostida yuvish. Mahsulotni pishirish paytida ajralib chiqadigan kraxmal taomni bir xilda mazali qiladi. Suvda yuvish esa mahsulotning asosiy ta’mini yo‘q qiladi.

Sousni makaron ustiga quyish

Makaronni sous bilan iste’mol qilish mumkin. Ammo alohida idishda. Makaron yuzasidagi sous esa taomni mazali qiladi. Ammo sousning bir qismi mahsulot suvi bilan aralashib, pushti rangni hosil qiladi. Bunday bo‘lmasligi uchun sousni birdaniga makaron bilan aralashtirib, so‘ngra idishga solish kerak.

Oddiy makaron o‘rniga yangisini xarid qilish

Aslida barcha makaronlarning sifati bir. Yagona farq ularning bahosida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ular do‘konda maxsus rastalarda saqlanadi. Tejamkorlik qilishni istagan bekajonlar doimiy makaron mahsulotini xarid qilishi mumkin.

Uzoq muddat pishirish

Mahsulotni uzoq qaynatish uni mazali qilib qo‘ymaydi, aksincha mazasi va ko‘rinishiga putur yetkazadi. Makaron pishirilganda, oqarib va ​​shishib ketmasligi kerak. Muammoni hal qilish uchun qadoqdagi ko‘rsatmalarga amal qilish lozim. Vaqt miqdori har doim ko‘rsatiladi.

Maydalangan parmezan qo‘shish

Tayyor maydalangan pishloq maxsus qutilarda maydalangan holda sotiladi. Pishirilgan makaron ustiga pishloqni sepish taomga ajoyib tam beradi. Ammo maydalangan pishloq bir tekisda mahsulot ustiga yoyilmaydi va qotib qoladi.

Aralashtirmaslik

Ko‘pchilik tomonidan yo‘l qo‘yiladigan yana bir xato. Makaronni aralashtirish uni maydalab yuborishi mumkin, degan fikr. Aksincha, o‘rta olovda me’yorda qaynayotgan makaronni muntazam aralashtirish mahsulotni bir-biriga yopishib ketishining oldini oladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.