Oshxonada qo‘l keladigan piyoz bilan bog‘liq 12 ta layfxak
Piyoz haqli ravishda eng yaxshi sabzavot. Shuningdek, ro‘zg‘orning ajoyib yordamchisi hamdir. Undan oshxonada unumli foydalanish bo‘yicha quyidagi layfxaklar bilan tanishing.
Foto: Google ImagesGrilni tozalash mumkin
Gril panjarasidan kuygan ovqat qoldiqlarini olib tashlash uchun yarimta piyoz kifoya. Ayniqsa, metall issiqligida buni amalga oshirish yaxshiroq. Sanchqi yordamida piyoz bilan panjara bog‘lamlari artiladi. Piyoz suvi nafaqat metallni tozalaydi va zararsizlantiradi, balki keyinchalik tayyorlanadigan taomlarning ta’mini ham yaxshilaydi.
Bo‘yoq hididan xalos qiladi
Bu biroz g‘alati tuyilishi mumkin, lekin piyoz hidni yo‘q qilishga yordam beradi. Piyoz choraklarga bo‘linadi, chuqur idishga solinadi va bir kechaga devorlari yangi bo‘yalgan xonada qoldiriladi. So‘ngra ertalab xona shamollatiladi va piyoz hidi bilan birga boshqa yoqimsiz hidlar ham ketadi.
Piyozni ko‘z yoshlarisiz to‘g‘rash mumkin
Piyozni to‘g‘rash ham o‘zi bir qiyinchilik. Sabzavotni ko‘z yoshisiz to‘g‘rash uchun butun jarayon davomida saqichni chaynash tavsiya etiladi. Bu, albatta, yordam beradi.
Chivinlardan qutulishga yordam beradi
Chivinlar piyoz hidiga chiday olmaydi. Sabzavotning bu xususiyatidan piyoda yoki ochiq havoda dam olish paytida foydalanish mumkin. Piyozning yarmini qo‘l va oyoq terisiga surtiladi, shunda chivinlar odamdan uzoqlashadi.
Avakadoni yaxshi saqlaydi
Tozalangan avakadoning sifati tez buziladi va qorayadi. Bu meva tarkibidagi fermentlarning oksidlanishiga bog‘liq. Mahsulotning umrini uzaytirish uchun tozalangan piyozning yarmini avakado bilan bir idishga qo‘yiladi. Sabzavot chiqaradigan oltingugurtli birikmalar oksidlanish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi va meva yaxshi saqlanadi.
Piyoz to‘g‘rashning eng oson usuli
Piyozning qobig‘i olib tashlanmasdan, tepasi kesiladi. Ildiz qismi olinmasdan ikkiga bo‘linadi. So‘ngra tozalab, to‘g‘rash mumkin. Bu piyoz to‘g‘rashning eng qulay usuli. Ildiz sabzavotlarning barcha bo‘laklarining parchalanishiga yo‘l qo‘ymasdan ushlab turadi.
Pichoqdan zangni tozalaydi
Agar pichoqda zang paydo bo‘lgan bo‘lsa, u bilan tozalanmagan piyoz kesib olinadi. Piyozni zang ustiga ishqalash natijasida zangdan asar ham qolmaydi.
Shishani muzlab qolishdan asraydi
Mashinaning old oynasi ertalab muz bilan qoplanmasligi uchun kechqurun yarim piyoz bilan ishqalash tavsiya etiladi.
Piyozni uzoq muddat saqlash mumkin
Piyozni teshib qo‘yib, qog‘oz sumkaga solish kerak. Bunday paketda sabzavot bir necha oy saqlanishi mumkin.
Metallga yorqinlikni qaytaradi
Metall jilosini qaytaruvchi vosita piyoz suvi hisoblanadi. Buning uchun bir necha bo‘lak piyoz blenderda maydalanadi va suv bilan suyiltiriladi. Yumshoq mato piyoz eritmasi bilan namlanib, metall yuzalar ishqalanadi. So‘ng ular quruq va toza mato bilan artiladi.
Chumolilardan xalos etadi
Agar uy chumolilar bilan to‘lib toshgan bo‘lsa, chaqirilmagan mehmonlardan qutulish uchun piyoz yordamga keladi. Buning uchun ular eng ko‘p to‘plangan joylarga to‘g‘ralgan piyoz solingan idishni joylashtirish kifoya. Chumolilar piyoz hididan qochadi.
Manba