Salomatlik Ayollar uchun Ro‘zg‘orda metall gubka qo‘l keladigan holatlar

Ro‘zg‘orda metall gubka qo‘l keladigan holatlar

O'qildi: 335


Ro‘zg‘orda metall gubka qo‘l keladigan holatlar

Metall gubka har bir oshxona uchun kerak bo‘lgan narsadir. Axir kuygan kastryulkalar va idishlarni tozalash uchun undan yaxshiroq narsa yo‘q. Ammo undan oshxonadan tashqari, boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Idish yoki boshqa buyumlarni yuvishda rakovina quvuriga turli xil mayda chiqindilar kirib ketmasligi uchun metall gubka yordamga keladi. U o‘zidan suvni o‘tkazib, ovqat qoldiqlarini tutib qoladi va quvurlar tiqilib qolishining oldini oladi. Lekin metall gubkadan foydalanib bo‘lgach, uni olib tashlash zarur. Aks holda u zanglashi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Ba’zi hollarda tozalash uchun metall gubka qulayroqdir, chunki u dumaloq stol oyoqlari yoki eshikning burchaklari kabi qiyin bo‘lgan joylar uchun ko‘proq mos keladi. Eski bo‘yoqni olib tashlash yoki gipsli sirtni tekislash uchun har qanday obyektni bo‘yashdan oldin undan foydalanish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Uyda sichqonlar bormi?Ular chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday yoriq va teshiklarni yaxshilab tekshirib ko‘rish zarur. Agar bu kabi teshiklar kabel o‘tadigan joylarda yoki eshik ramkalari atrofida bo‘lsa, ularni metall gubka bilan berkitish mumkin. Sichqonlar ushbu himoyadan o‘tolmaydi, chunki ular metallni kemira olmaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Kichkina metall gubka avtomobil cho‘tkasi bilan ishlashdan ko‘ra ancha qulay. Avtomobil shampuni bilan birga u kir, yoqilg‘i moyi va zangni osonlikcha tozalaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Qaychini o‘tkirlashda nafaqat folga, balki metall gubka ham yordam beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Zanglagan jihozlarni bo‘yash uchun avval zangini ketkazish zarur. Bu borada metall gubka qo‘l keladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Rangli bo‘rlar hamda poyabzallar qoldiradigan qora chiziqlarni metall gubka darhol bartaraf etadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Och rangdagi oyoq kiyimlarni tozalashda melanin gubkalardan ham ko‘ra ko‘proq metall gubkalar yordam beradi. Albatta, sinab ko‘ring.

Foto: “Domashniy ochag”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.