Ko‘pchilikka noma’lum: amal qilish muddati bo‘lgan ro‘zg‘or buyumlari (foto)
Deyarli barcha narsaning yaroqlilik muddati bor. Lekin ko‘pchilik bu haqda bilmaydi va ulardan foydalanishda davom etadi.
Uzaytirgichlar – 2 yil
Foto: “Domashniy ochag”Uzaytirgichlarda vaqt o‘tib kuchlanish ishdan chiqa boshlaydi. Shuningdek, unga ko‘p narsani yuklash tavsiya etilmaydi. Aks holda ular qizishi, hattoki erib, noxush hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Vodorod peroksidi — 2 oy
Foto: “Domashniy ochag”Suyuqlik yopiq holda bir yildan ortiq saqlanishi mumkin. Ochiq holatda esa ikki oydan ko‘p emas. Suyuqlik tarkibiga ko‘ra faqat yopiq va qorong‘i joyda saqlanishi kerak. Yorug‘lik ta’siri ostida peroksid suv va kislorodga bo‘linadi va umuman yaroqsiz holga keladi.
Sport poyabzali — 6 oy
Foto: “Domashniy ochag”Sport poyabzali 500 kilometrdan keyin zarba yutuvchi xususiyatini yo‘qotadi, ya’ni bo‘g‘imlarga yukni kamaytirishni to‘xtatadi. Shundan so‘ng poyabzal tagligi eskiradi, namlikni yaxshi qabul qilmaydi va gigiyenaga ham to‘g‘ri kelmaydi. Sport bilan mukammal shug‘ullanadigan insonlar yiliga 10 dan ortiq poyabzal xarid qilishi mumkin.
Choy xaltalari — 6 oy
Foto: “Domashniy ochag”Hattoki qadoqlangan choy xaltalari ham fermentatsiya tufayli 6 oydan keyin yaroqsiz holga keladi. Qora choyni 9 oygacha saqlash mumkin. Lekin choy changini o‘z ichiga olgan arzon material tufayli yaroqlilik muddati yarim yilga qisqaradi.
Taxtakachlar — 3 yil
Foto: “Domashniy ochag”Ular namlik va doimiy metall pichoq ta’sirida eskiradi. Vaqt o‘tishi bilan yoriqlar ko‘payib, o‘zida bakteriyalar yig‘iladigan joyga aylanadi.
Ko‘zoynaklar — 2 yil
Foto: “Domashniy ochag”Ma’lumki, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar ultrabinafsha nurlarini qaytaruvchi qoplamaga ega. Ammo nur ta’sirida u asta-sekin yo‘q bo‘la boshlaydi va ko‘zni himoyalashni to‘xtatadi. Aniq foydalanish ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Lekin har ikki yilda bir marta ko‘zoynaklarni almashtirish tavsiya etiladi.
Tish pastasi va cho‘tkasi — 1 yil va 3 oy
Foto: “Domashniy ochag”Tish cho‘tkasi har uch oyda bir marta o‘zgartirilishi kerak. Shundagina u bakteriyalar ko‘payadigan joyga aylanmaydi. Tish pastasini esa bir yildan ortiq saqlab bo‘lmaydi. Sayohat uchun kichik to‘plami bor insonlar tish pastasi muddatini tekshirib ko‘rishi lozim.
Sochiq — 3 yil
Foto: “Domashniy ochag”Bakteriyalar ko‘payishining oldini olish uchun sochiqlarni 3—4 marta ishlatgandan keyin yuvish kerak. Shuningdek, tez-tez yuvilgan sochiqlar eskiradi va ishlatish uchun yaramaydi.
Taroq — 1 yil
Foto: “Domashniy ochag”Taroq muntazam ravishda yuvib, tozalanib turilsa ham uning ustida mikrob va bakteriyalar paydo bo‘laveradi. Vaqt o‘tishi bilan eskirgan taroqlar sochda turli muammolarni keltirib chiqaradi.
Makiyaj cho‘tkalari va sponjlar — 5 yil va 6 oy
Foto: “Domashniy ochag”Ular faqatgina yuvilibgina qolmay, besh yil ichida yangilariga almashtirilishi ham kerak. Agar terida toshmalar paydo bo‘lsa ham, darhol makiyaj vositalarini o‘zgartirish lozim. Chunki 30 foiz hollarda yuvilmagan qo‘llar va cho‘tkalar tufayli terida yallig‘lanishlar kelib chiqadi.
Uy shippaklari — 6 oy
Foto: “Domashniy ochag”Uy shippaklarining umri olti oydan oshmaydi. Shundan so‘ng o‘zida bakteriya va zamburug‘lar yig‘adigan muhitga aylanadi.
Yostiqlar — 2—3 yil
Foto: “Domashniy ochag”Ichidagi materialiga qaramay, yostiqlar 2—3 yildan keyin shaklini yo‘qotadi. Bundan tashqari, unda chang va bakteriyalar ko‘payadi. Bu esa uxlashga ta’sir o‘tkazadi.
Adyol — 7 yil
Foto: “Domashniy ochag”Adyol ham yostiq bilan o‘xshash, ammo uning umri 7—10 yilni tashkil etadi.
Matraslar — 7—8 yil
Foto: “Domashniy ochag”Adyol bilan birgalikda yangi matras ham xarid qilish mumkin. Chunki uning ham amal qilish muddati bir xil.
Manba