Qandolat plyonkasi asqatishi mumkin bo‘lgan 10 vaziyat
Qandolat qog‘ozi nafaqat oshxonada, balki boshqa vaziyatlarda ham samarali yordam berishi mumkin.
Foto: “Lisa”Sovitkich ichini toza saqlashga yordam beradi
Qandolat qog‘ozi shishali sovitkich polkasini dog‘ va kirlanishlardan saqlashga yordam beradi. Ketchup yoki mayonez to‘kilgan bo‘lsa, yangisini almashtirib solib qo‘yilsa bo‘ldi.
Hasharotlar uchun “qopqon”
Hasharotlar xonadonga ventilyatsion shaxta yoki ochiq oynalardan kiradi. Ularni ochiq qolgan yeguliklar hidi jalb qiladi. Quyidagi tavsiya bu borada ayni muddao. Bankaga qiyom yoki vino qoldig‘ini solib ustini plyonka bilan yoping. Ichkariga kirganidan keyin hasharot chiqolmay qolishi aniq.
Idishlarni toza saqlashga yordam beradi
Idishlar toza turishini xohlasangiz, ularning ustini qandolat plyonkasi bilan yopib qo‘ying.
Derazalarni qoplash mumkin
Derazalarni plyonka bilan qoplash xona haroratini saqlashga yordam beradi.
Gadjetlarni himoya qilishga yordam beradi
Kino yoki shou tomosha qilib oshxonada ish qilishni yaxshi ko‘radiganlar telefoniga un yoki boshqa suyuqlik tegmasligi uchun plyonkadan foydalanishi mumkin.
Tuxumni “pashot” qilib pishirishga yordam beradi
Tuxumni “pashot” qilib pishirish uchun o‘simlik yog‘i surtilgan plyonkaga tuxum solish kifoya. Keyin plyonkani qaynagan suv ichiga solsangiz bo‘lgani.
Rumyana yoki tenlarni saqlashga yordam beradi
Maydalanib ketgan tenni tashlab yuborishga shoshilmang. Kosmetik vositaga bir necha tomchi spirt qo‘shing, ustiga plyonka yopib, yaxshilab bosing.
Bananlarni saqlashga yordam beradi
Bananlar uzoq vaqt yangidek saqlanishi uchun ularni plyonkaga o‘rab qo‘yish kerak.
Ko‘chayotganlar uchun ayni muddao
Buyumlar solingan qutini plyonka bilan o‘rash ularni butun saqlashga yordam beradi.
Uy sharoitida ozishga yordam beradi
Sauna effektini bergani hisobiga plyonka organizmda turib qolgan suvdan yo‘qolishga yordam beradi. Buning uchun qorin, son sohasiga plyonka o‘rab, mashq bajarish kerak bo‘ladi.
Manba