Terlash va dezodorantdan qolgan dog‘ni ketkazishga yordam beradigan samarali usullar
Aksariyat ayol-qizlar duch keladigan muammolarni bartaraf qilishga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: “Lisa”Oq dog‘ni sarig‘idan farqi nima?
Kiyimdagi oq dog‘lar dezodorant surtilgan teriga tekkanidan keyin paydo bo‘ladi. Sarig‘i esa antiperspirantlar tarkibdagi alyuminiy tuzi va teri aralashmasi bo‘ladi.
Dezodorant dog‘i bilan kurashishda muhim bo‘lgan qoidalar:
- dog‘ qanchalik yangi bo‘lsa, uni ketkazish shuncha oson;
- qaynoq suvda yuvmang;
Dezodorantdan qolgan yangi dog‘ni ketkazish uchun nima qilish kerak?
Suyuq sovun, gel, shampun yoki idish yuvadigan gel qo‘shilgan suvga ivitib qo‘ying. Bir necha soatdan keyin mashinaga solib yuving.
Tuz yordamida
Dog‘li joyni namlab unga tuz seping. Bir necha soatdan keyin yaxshilab yuvib tashlang.
Kapron
Kapron kolgotka darhaqiqat dezodorant dog‘lari qolishining oldini oladi. Buning uchun qo‘ltiq sohasini kapron bilan artish kifoya.
Tibbiyot spirti
Dog‘da spirt yoki aroqdan biroz quyib, yarim soatga qoldiring. Keyin esa kir yuvish mashinasiga solib yuving.
Idish yuvadigan vositalar
Gel surtilgan gubkani kiyimning dog‘li qismiga surtib, bir soatga qoldiring. Keyin esa oddiy usulda yuvib tashlang.
Sirka
Oq bo‘lmagan har qanday kiyimda bu usul ish beradi. Sirka sepilgan kiyimni 2-3 soatga qoldiring.
Dog‘larni ketkazishga yordam beradigan universal usullar
Nashatir spirt va tuzIliq suv solingan stakanga nashatir spirt va tuz qo‘shing. Aralashma surtilgan kiyimni 15 daqiqadan keyin kir yuvish mashinasiga soling.
Vodorod peroksidi va tuz
4 osh qoshiq vodorod peroksidiga 2 osh qoshiq ichimlik sodasi, shuningdek, 1 choy qoshiq idish yuvadigan gel qo‘shib aralashtiring. Kiyimga surtib 60-80 daqiqa qoldirgandan keyin kir yuvish mashinasiga solib oddiy rejimda yuvib tashlang.
Limon sharbati
Dog‘ bo‘lgan joyga cho‘tka yordamida limon sharbatini surting. Birozdan keyin oddiy usulda yuvib tashlang.
Ichimlik sodasi
To‘rtdan bir qismiga soda solingan stakanga 4 osh qoshiq suv qo‘shing. Kiyimdagi dog‘ga surtib qo‘ygandan keyin qurishini kuting. Shundan so‘ng kir yuvish mashinasiga solishingiz mumkin.
Aspirin
Ikki dona aspirinni yarim stakan suvga solib aralashtiring. Dog‘ ustiga surtib 3-4 soatga qoldiring. Keyin esa oddiy usulda yuvib tashlang.
Mitselyar suv
Mitselyar suv bilan namlangan paxta diskini kiyimdagi dog‘ ustida 5-10 daqiqa qoldiring. Keyin esa oddiy usulda yuvib tashlang.
Xo‘jalik sovuni
Qirg‘ichdan chiqarilgan kir sovunni iliq suvga aralashtiring. Dog‘ ustiga aralashma bilan ishlov bergandan keyin oddiy usulda yuvib tashlang.
Qora kiyimdagi dezodarantdan qolgan oq dog‘ni qanday bartaraf qilsa bo‘ladi?
Bu borada tuz, xo‘jalik sovuni yaxshi samara berishi mumkin
Dezodorantdan qolgan sariq dog‘ni ketkazish uchun nima qilish kerak?
Bu borada limon sharbati yoki suvga aralashtirilgan limon kislotasi yordam berishi mumkin.
Terlash yoki dezodorantdan dog‘ qolmasligi uchun nima qilish kerak?
Dezodorant-antiperspirantni, dush qabul qilgandan keyin toza va qurigan teriga surtish kerak. Ortiqcha surtib yubormang, nomiga ishlatishning o‘zi kifoya.
Quriganidan keyingina kiyining.
Haddan tashqari ko‘p teri ajralishidan aziyat chekadiganlarga maxsus salfetkalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Buning uchun kiyimning qo‘ltiq qismiga salfetkani yopishtirish kifoya. Bu dog‘ va dezodarantlarning izi tushishining oldini oladi.
Manba