Salomatlik Ayollar uchun Kiyimlardan oziq-ovqat dog‘larini ketkazishga yordam beradigan 8 ta vosita

Kiyimlardan oziq-ovqat dog‘larini ketkazishga yordam beradigan 8 ta vosita

O'qildi: 320


Kiyimlardan oziq-ovqat dog‘larini ketkazishga yordam beradigan 8 ta vosita

Qanchalik toza saqlashga harakat qilinmasin, kiyimdagi oziq-ovqat dog‘laridan qochib bo‘lmaydi. Shuningdek, ularning har biri individual yondashuvga muhtoj — aks holda sevimli liboslar bilan abadiy xayrlashishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Rezavorlar

Agar kiyimga rezavor sharbati to‘kilgan bo‘lsa, uni iloji boricha tezroq qaynoq suv bilan yuvish(agar matoning tarkibi imkon bersa), keyin sovuq suvda chayish tavsiya etiladi. Qolgan dog‘larni yumshoq sirka eritmasiga namlash orqali olib tashlash mumkin.

Xantal

Xantal dog‘ini olib tashlash uchun ko‘proq mehnat qilish kerak. Dastlab kiyimda qolgan sous qoshiq yoki pichoq bilan qirib tashlanadi. Keyin dog‘ bir necha tomchi formik kislota bilan namlanadi. Qattiq cho‘tka bilan ozgina artib olinadi va bir necha marta toza suvda yuviladi. Xantal dog‘larini oq kiyimdan 1 foizli vodorod periks eritmasi bilan olib tashlash mumkin.

Shokolad

Shokolad dog‘lari bilan kurashish ham qiyin hisoblanadi. Uni oddiy yuvish vositalari bilan tozalashning keragi yo‘q, suvda eriydigan fermentlar bilan maxsus yuvish vositalaridan foydalanish mumkin. Emulsiyani suv bilan suyultirib va ko‘pikli gubkada dog‘ ustiga surtiladi. Taxminan yarim soat kutiladi va toza suvda yuviladi.

Qahva va choy

Choy va qahva dog‘larini iloji boricha tezroq olib tashlash kerak. Eng oson usul — uni glitserin va osh tuzi bilan tozalash. U dog‘ga qo‘llanadi va odatdagidek kiyimlarni yuvishdan oldin 20-30 daqiqaga qoldiriladi.

Yog‘

Yog‘ dog‘ini zudlik bilan suvda yuvib tashlash kerak, aks holda yog‘ matoga yanada kengroq tarqalishi mumkin. Shundan so‘ng dog‘ un, talk yoki kraxmal bilan yopiladi. 30 daqiqa kutib, so‘ngra mato yaxshilab silkitib olinadi va dog‘ kukun o‘rniga suyuq idishlarni yuvish vositasi yordamida yuviladi.

Ketchup

Asosiy qoida: ketchup dog‘lariga hech qachon issiq suv quymaslik kerak. Qolgan sousni sovuq suv bilan yuvib tashlash, so‘ngra dog‘ning chetidan o‘rtasiga qaratib, dog‘li joyga tish pastasini qo‘llash lozim. 30-40 daqiqadan so‘ng kiyim yuviladi.

Soya sousi

Oq kiyimdagi soya sousi dog‘ini 100 ml etil spirti, 5 ml benzin va 10 ml ammiak aralashmasi bilan ketkazish mumkin. Rangli kiyimlar bilan ehtiyot bo‘lish kerak. Dog‘ni ikki bo‘lak xom kartoshka bilan ishqalab ko‘riladi — biri old tomondan, ikkinchisi esa kiyimning ichki tomoniga qo‘yilgan holda.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.