Salomatlik Ayollar uchun Faqat kir yuvish emas: xo‘jalik sovuni asqatishi mumkin bo‘lgan 10 tavsiya

Faqat kir yuvish emas: xo‘jalik sovuni asqatishi mumkin bo‘lgan 10 tavsiya

O'qildi: 343


Faqat kir yuvish emas: xo‘jalik sovuni asqatishi mumkin bo‘lgan 10 tavsiya

Xo‘jalik sovuni tarkibida 72 foizgacha bo‘lgan yog‘ va teri uchun xavfsiz bo‘lgan ishqor bo‘ladi. Hayvon va o‘simlik yog‘idan tayyorlangani uchun tarkibidagi komponentlari tabiiy va allergiya keltirib chiqarmaydi. Shu sabab ham undan nafaqat kir yuvish va tozalashda, balki infeksiya tushishi va bakteriyalarni yo‘q qilishda ham foydalansa bo‘ladi.

Foto: “Domashniy ochag”;

Pol yuvish

Qirg‘ichdan chiqarilgan sovunni chelakdagi issiq suvga qo‘shing. Ushbu aralashma kir va dog‘larni yaxshi tozalaydi.

Kirlarni yuvish

Xo‘jalik sovuni hatto kir paypoqlarni ham yaxshilab tozalashi mumkin. Kirlarni ham qirg‘ichdan chiqarilgan sovun qo‘shilgan issiq suvga ivitib qo‘ysa bo‘ladi. Xo‘jalik sovuni bilan bolalar kiyimlarini yuvish, ayniqsa, maqsadga muvofiq, chunki u ta’sirchan teriga allergiya chaqirmaydi.

Jo‘mraklarni tozalash

Qirg‘ichdan chiqarilgan xo‘jalik sovuni va xantal kukunidan tayyorlangan aralashma bilan kafel, rakovina va jo‘mraklarni tozalash mumkin.

Sabzavotlarni yuvish

Do‘kon yoki bozordan xarid qilingan lavlagi, kartoshka, sabzi va boshqa sabzavotlarni ham sovunli aralashma bilan tozalasa bo‘ladi.

O‘simliklar zararkunandalarini yo‘q qilish

Sovunli aralashma bog‘dagi zararkunandalar bilan kurashishga yordam beradi. Qolaversa, o‘simliklar uchun ham butkul xavfsiz hisoblanadi. Aralashmani nafaqat bog‘da, balki xonaki o‘simliklarga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi.

Husnbuzarlardan qutulish

Ikki haftada bir marta xo‘jalik sovuni bilan yuvinsa, teri qurib, undagi bakteriyalarning yo‘q bo‘lishiga olib keladi.

Tish pastasi va gubkani tozalash

Antiseptik xususiyatga ega ekani sabab sovunli aralashmaga cho‘tka va gubkalarni ivitib qo‘ysangiz bo‘ladi.

Shishlarni yo‘q qilib, ko‘karishlar paydo bo‘lishining oldini olish

Shikastlangan tana qismiga sovunli aralashma surtilsa, ko‘karishlar bo‘lmaydi. Jarayonni bir necha marta takrorlash kerak.

Infeksiyani yo‘q qilish

Kesilgan, tirnalgan va shikastlangan teri qismiga sovunli aralashma bilan ishlov berilsa, infeksiya tushishi bilan bog‘liq muammoning oldi olinadi.

It yoki mushuk tishlaganda sovundan foydalaniladi

Infeksiya tushmasligi uchun qon to‘xtaganidan keyin sovunli aralashma bilan namlangan dokani yaraga bog‘lash kerak. Yara tez bitadi va yallig‘lanish kuzatilmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.