Sovitkich muzxonasi qanday tozalanadi va buni qancha muddatda amalga oshirish kerak?
Ko‘pincha muzxona deb ataladigan ushbu “qora tuynuk”ka tushgan mahsulotlar bir necha oylar davomida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi va keyin ular shunchaki tashlab yuboriladi. Buning bir necha sabablari bor, masalan, muzxonani vaqti-vaqti bilan tozalamaslik yoki mahsulotlarni noto‘g‘ri saqlash bo‘lishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Muzxonani qancha muddatda tozalash kerak?
Agar kvartirada elektr ta’minotida tez-tez va uzoq vaqt uzilishlar bo‘lmasa yoki namlik yuqori bo‘lgan hududda yashamasangiz, muzxonani yiliga bir marta yuvish va tozalash kifoya.
Bu qancha vaqt oladi?
O‘rtacha tozalash bir soatdan ko‘proq vaqt oladi.
Muzxonani qanday tozalash kerak?
- Dastlab elektr ta’minotidan uziladi, muzlatkich ishlayotgan vaqtda uni hech qachon yuvib yoki tozalab bo‘lmaydi, aks holda jihozga zarar yetishi mumkin.
- Oziq-ovqatlar muzdan tushishi va suvi oqmasligi uchun ularni idishga solish kerak. Muzqaymoq kabi tezroq eriydigan mahsulotlarni sovitish elementi bo‘lgan xaltaga solib turish yaxshiroq.
- Mato bilan muzxonaning javonlari va ichki qismini artib olinadi. Agar juda ham kir bo‘lsa, 1 osh qoshiq ichimlik sodasi va 500 ml iliq suv eritmasini tayyorlanadi. Aralashmaga idish yuvish vositasini ham qo‘shish mumkin.
- Muzxona uchun o‘tkir tozalash vositalari, oqartirgichlar yoki yog‘ tozalagichlarini ishlatmaslik kerak, chunki ular sirtga zarar yetkazishi mumkin.
- Har olti oyda bir marta changyutkich yordamida muzlatkichning orqa tomonini tozalash lozim. Agar havo almashtirgich qismi chang bilan tiqilib qolsa, bu muzlatkichning muddatidan oldin yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
- Eshik qistirmasini tekshirishni unutmaslik lozim. Bundan tashqari, bu yer har 6 oyda bir marta sovunli suvga namlangan mato yoki eski tish cho‘tkasi bilan yuvilishi kerak.
Oziq-ovqatlarni muzlatkichga qayta joylaganda, ularni devorlarga va bir-biriga juda yaqin qo‘ymaslik kerak. Erkin havo aylanishi uchun joy qoldiriladi. Bu mahsulotning to‘g‘ri muzlashiga yordam beradi. Agar oziq-ovqat mahsulotlari konteynerlarda saqlansa, havo kirib borishi uchun teshikli savat yoki idishlarni tanlash tavsiya etiladi.
Manba