Salomatlik Ayollar uchun Eski futbolkani qanday qilib zamonaviy aksessuarlarga aylantirish mumkin? (foto)

Eski futbolkani qanday qilib zamonaviy aksessuarlarga aylantirish mumkin? (foto)

O'qildi: 548


Eski futbolkani qanday qilib zamonaviy aksessuarlarga aylantirish mumkin? (foto)

Agar futbolkalar eskirgan bo‘lsa, ularni tashlab yuborishga shoshmaslik kerak. Chunki ayrim keraksiz narsalardan boshqa buyumlar yasash mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Zamonaviy zargarlik buyumlarini yaratish uchun shunchaki eskirgan futbolkalar ham kifoya qiladi. Chunki paxta matosi vaqt o‘tishi bilan yumshaydi va cho‘ziladi, bu taqinchoq yasash uchun ayni muddao.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli narsalar:

  • mis dastaklar;
  • tillarang zanjir;
  • tillarang halqalar;
  • qisqichlar;
  • zargarlik buyumlari uchun birlashtiruvchi halqalar;
  • ilgaklar.
Foto: “Domashniy ochag”

Ushbu bezakni yaratish uchun turli xil rangdagi ikkita futbolka kerak bo‘ladi. Har bir futbolkadan beshta ingichka o‘rim uchun 10 ta tasma kesiladi. Ularning har biri tillarang zanjir bilan o‘rib chiqiladi. Hammasining uchi birlashtirilib, halqalarga qadaladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Agar tanlangan mato ranglaridan biri ishlatilsa, bu qism ko‘p qatlamli naqshli marjonlarni mukammal tarzda to‘ldiradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Zirak uchun bir xildagi mato bo‘laklari oval shaklida kesib olinadi. Matoning chet qismi qaychi yordamida kesib chiqiladi va bir uchi zirak halqasiga qadaladi. Bu kabi ziraklarni bir yoki bir nechta matolar qatlama bilan ham sinab ko‘rish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Bilaguzuk yasash uchun matodan bir nechta tasma kesib olinadi va bir qismi o‘raladi. Ularning har ikki tomoni temir qismga birlashtiriladi. Qisqich yordamida mahkamlanadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Ziraklar uchun mato va zanjirlardan foydalanish mumkin. Buning uchun matodan ingichka qism kesib olinadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Zanjir va mato birgalikda tillarang uzun tuynukcha ichidan o‘tkaziladi va zirak halqalariga ulanadi. Zanjir har kimning didiga ko‘ra uzunlikda bo‘lishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.