Salomatlik Ayollar uchun Ayollar tomonidan xarid davomida yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Ayollar tomonidan xarid davomida yo‘l qo‘yiladigan xatolar

O'qildi: 302


Ayollar tomonidan xarid davomida yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Xarid kayfiyatni ko‘tarishi va kunning yaxshi o‘tishiga hissa qo‘shishi mumkin. Faqat buning uchun sotib olingan narsa darhaqiqat kerakli va zarur bo‘lishi, shuningdek, uzoq vaqt xizmat qilishi kerak.

Foto: Freepik

Haddan ortiq ko‘p do‘kon aylanish

O‘ziga xos uslubga ega ayollar orasida boshdan-oyoq bir brenddan kiyinadiganlari ham yo‘q emas. Bu vaqtni tejash va kiyimlarning bir-biriga mos kelishiga yordam beradi.

Boshqa narsaga sarmoya kiritish

Ikkita bir xil kiyimning narxi tamoman boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin. Garderobingizdagi barcha kiyim-kechak qimmatbaho bo‘lishi shart emas. Shunday ekan hech ikkilanmay sifati yaxshi liboslarni cho‘ntakbop narxga xarid qilavering.

Mass-marketdagi kiyim-kechaklarni mensimaslik

Mass-marketdan ham bir qarashda brenddagidek ko‘rinadigan mahsulotlar bo‘ladi. Shu sabab ham bemalol undagi kolleksiyalarni ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Haddan ortiq turli print va rangli liboslarni tanlash

Sizga qaysi rang yarashishi va uslubingizga mos kelishini yaxshi biladigan bo‘lsangiz, turli gul va toshli kiyimlarni kiyishdan nima naf?Garderobni rang-barang qilaman, deb kerakmas xaridlarni amalga oshirmang. Ortiqcha liboslarni boshqalarga berib yuboring.

Yarashgani uchun emas, urfda bo‘lgani uchun xarid qilish

Trendda bo‘lgani uchun emas, qomatingizga yarashgani uchungina xarid qiling. Moda o‘zgaraveradi, sizga mos libos esa garderobingizda uzoq xizmat qiladi.

Poyabzalga ko‘p, sumkaga esa kam pul sarflash

Poyabzal deyarli har kun kiyilgani sabab, tez yaroqsiz bo‘lib qolishi, sumka esa uzoq yillar davomida xizmat qilishi mumkin. Shu sababdan ham oyoq kiyimdan ko‘ra sumkaga ko‘proq mablag‘ sarflashingiz mumkin.

Arzon taqinchoqlar sotib olish

Arzon, yaltiroq taqinchoq hatto eng o‘ziga xos obrazga ham putur yetkazishi mumkin.

Kamarni faqat kiyim ushlash uchun kerakli detal deb bilish

Kamardan aksessuar sifatida foydalanish orqali o‘ziga xos obrazga ega bo‘lish mumkin. Shu sabab ham uni arzonini xarid qilishdan qochib, sifatlisiga e’tibor qarating.

Qomat tuzilishiga qarab kiyim tanlash kerakligi haqidagi tushunch asosida ish tutish

Ammo bu narsa, hamma vaqt ham ish bo‘lavermasligi mumkin. Shu sabab ham qomatning turi haqidagi ma’lumotlarni unutib, do‘konga borganda oddiy, ammo haqiqiy qoida asosida ish tuting: o‘z o‘lchamingizdagi, afzalliklarga urg‘u berib, kamchiliklarni yashiradigan liboslarni xarid qiling.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.