Yuz sohasidagi yog‘ni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
Ba’zida yuz tananing chinakam sehrlangan qismiga o‘xshaydi. Vazn kamayishiga erishilsa-da, bir marta paydo bo‘lgan yuz sohasidagi yog‘larni bartaraf etish qiyin. Aslida, ushbu sohadagi yog‘lardan xalos bo‘lish uchun ko‘proq vaqt kerak, xolos. Qiyin degani – imkonsiz degani emas.
Foto: PinterestShifokorga murojaat qiling
Bu safar tashrifni kosmetologdan emas, balki terapevtdan boshlash kerak. Ko‘pincha yuz yog‘ birikmalari emas, balki shish tufayli semizroq ko‘rinadi. Bundan tashqari, ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish ham tanadagi suyuqlikni qo‘zg‘atishi mumkin. Qisqasi, birinchi navbatda, tibbiy sabablar yo‘qligiga ishonch hosil qilish va shundan keyingina yog‘ga qarshi kurashishni boshlash kerak.
Diyetani tekshiring
Inson iste’mol qilayotgan barcha narsa yuzida aks etadi va bu har doim ham ijobiy bo‘lmaydi. Ba’zi mahsulotlar yallig‘lanishni keltirib chiqarishi, yuz rangining buzilishi va hatto shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shifokorlar, birinchi navbatda, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlaridan voz kechishni, dudlangan mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishni va yengil uglevodlarni kamaytirishni tavsiya qiladi. Ammo zanjabil, zarchava, lavlagi, qovoq, limon kabi mahsulotlarni kundalik ratsionga qo‘shish kerak.
Mashq qiling
Bu oddiy, lekin haqiqat: inson qanchalik ko‘p shug‘ullansa, natijasi yuzga ham ta’sir qilishi ehtimoli yuqori. Quvvat mashqlari hamisha kerak, chunki mushaklar massasini saqlab qolish uchun ko‘proq energiya talab qilinadi va organizm yog‘ zaxiralarini, shu jumladan, yuzga yashiringan yog‘larni ham sarflaydi.
Ko‘proq uxlang
Bu odatda ajoyib qomatga ega bo‘lishni xohlaydigan har bir kishi uchun taalluqli, chunki metabolizm uyqu sifati va miqdoriga bog‘liq. Tungi dam olish vaqtida tana bezlarining ishini tiklaydi va shishishni bartaraf etishga yordam beradi.
Massaj
Muntazam yuz massaji nafaqat terining elastikligini saqlab qolishga yordam beradi, balki teri hujayralarida to‘planib, shish paydo bo‘lishiga olib keladigan limfa suyuqligini tarqatib yuboradi. Haftada bir marta iyak sohasiga alohida e’tibor berib, massaj qilishga harakat qilish orqali yaxshi natijaga erishish mumkin.
Manba