Karton yordamida uy uchun kerakli buyumlar yasaymiz (foto)
Karton qutisini chiqindiga tashlashga shoshmaslik zarur. Undan ro‘zg‘orda unumli foydalanish mumkin.
Tortma uchun bo‘lmalar
Foto: “Domashniy ochag”Agar kiyim tortmasi tartibsiz bo‘lsa, karton yordamida buni bartaraf etish mumkin. Buning uchun karton, chizg‘ich va pichoq kerak bo‘ladi.
Foto: “Domashniy ochag”Avval tortma qutisining hamma tomoni o‘lchanadi va o‘lchamga mos ravishda bo‘y va eniga moslab karton bo‘laklari kesib olinadi.
Foto: “Domashniy ochag”So‘ngra karton bo‘laklarini bir-birining ichiga kiritish uchun bir tomoni kesib chiqiladi va tortma ichiga joylashtiriladi.
Foto: “Domashniy ochag”Qushlarni oziqlantiruvchi
Foto: “Domashniy ochag”Bunday oziqlantiruvchini yozda deraza yoki hovliga osib qo‘yish mumkin. Dastlab eski karton yurakcha shaklda kesib olinadi.
Foto: “Domashniy ochag”Daraxtga osib qo‘yish osonroq bo‘lishi uchun kartondan teshik hosil qilinadi. Keyin unga yopishqoq massa yoki xamir surtib, ustiga donlar sepiladi.
Palitra
Foto: “Domashniy ochag”Hech bir rassom palitrasiz rasm chiza olmaydi. Shunday qilib, rassomlar bu oddiy g‘oyadan foydalanishi mumkin.
Bo‘yash uchun joy
Foto: “Domashniy ochag”Kichik hajmdagi buyumlarni bo‘yash uchun karton qutisi qo‘l keladi. Aks holda boshqa joyda bo‘ylagan buyumlardan keyin qolgan rangni tozalab bo‘lmasligi mumkin.
Mushuk uchun uya
Foto: “Domashniy ochag”Karton qutisi ustiga keraksiz futbolka kiydirib, mushuk uchun uycha hosil qilish mumkin. Faqat qutining ichiga yumshoq narsalarni solish kerak.
Savatcha
Foto: “Domashniy ochag”Bunday savatlar ko‘pincha do‘konlarda sotiladi, lekin uni uyda ham yasash mumkin. Avval uni ichki qismiga qoplama tikiladi. So‘ngra ustiga yelim surtilib, qalin arqon aylantirib, yopishtirib chiqiladi.
Uy kinoteatri
Foto: “Domashniy ochag”Kartonning bir tomoni smartfon yoki planshet o‘lchamiga mos ravishda kesilib, uy kinoteatri yasash mumkin.
Aytgancha, agar uyda katta lupa va kattalashtiruvchi oynadan bo‘lsa, kichik poyabzal qutisidan projektor yasash mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Manba