Salomatlik Ayollar uchun Oyoq kiyim qutisida saqlash mumkin bo‘lgan kosmetika, taqinchoq va boshqa buyumlar (foto) 

Oyoq kiyim qutisida saqlash mumkin bo‘lgan kosmetika, taqinchoq va boshqa buyumlar (foto) 

O'qildi: 413


Oyoq kiyim qutisida saqlash mumkin bo‘lgan kosmetika, taqinchoq va boshqa buyumlar (foto) 

Maxsus idishlar, savat yoki saqlash qutilarini sotib olish shart emas. Buyumlarni toza saqlash va eskirmasligi uchun oddiy oyoq kiyim qutilaridan foydalanish mumkin. Ular hech qanday xarajat talab qilmaydi va har bir uyda mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Poyabzal qutisi bir nechta qulayliklarga ega: yopiladi, ko‘pincha shkaflardagi tortma va javonlarning o‘lchamiga mos keladi, ortiqcha namlikni yaxshi singdiradigan mustahkamda kartondan qilingan. Ba’zilarida havo o‘tkazadigan maxsus teshiklari ham bor. Shuning uchun ularni oshxonadan tortib hujjatlar, zargarlik buyumlari va kiyimlargacha bo‘lgan turli xil narsalarni saqlash uchun foydalanish mumkin. Shuningdek, qutining chiroyli ko‘rinishi uchun uni qog‘oz, mato yopishtirish yoki arqon bilan o‘rash orqali bezash oson.

Kosmetika uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Qutidagi bo‘limlarni qopqoqni pichoq yoki qaychi bilan kesish orqali amalga oshirish mumkin.

Tirnoq bo‘yoqlari uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Qutidagi bo‘yoqlarning rangini darhol ko‘rish uchun qopqog‘iga belgi qo‘yish kerak.

Taqinchoqlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Qutini igna orqali teshib, unga ziraklarni joylash mumkin.

O‘quv qurollari uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Odatda qalam va ruchkalarni tartib bilan joylash qiyin, ular doimo aralashib ketadi. Lekin oyoq kiyim qutisini ichiga hojatxona qog‘ozidan qolgan aylana shaklidagi kartonlarni joylab, ularga ruchka va qalamlarni rangiga qarab solib qo‘yish ancha qulay.

Uzatkichlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Xuddi shu tarzda turli xil quvvatlagich, quloqchin kabi vositalarni ham quti ichiga joylash mumkin.

Mavsumiy kiyimlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Mavsumiy kiyimlar ichida qo‘lqop, sharf, shapka va shunga o‘xshash kiyimlar quti ichidan tartib bilan joy oladi.

Quvvatlagichlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Odatda ayrim qutilarning chet qismi teshik bo‘ladi. Bu telefonlarni quvvatlashda juda foydali. Qutining tag qismi kesib olinadi va qutining ichiga quvvatlash uchun telefonlar qo‘yiladi.

Suratlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Balki aksariyat odamlar buni allaqachon qo‘llab kelayotgandir. Chunki ularni yaxshi saqlash uchun qutilar eng qulayi.

Hujjatlar uchun

Foto: “Domashniy ochag”

Hujjatlarni ham tartib bilan saqlash uchun qutilar yaxshi tanlov hisoblanadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.