Salomatlik Ayollar uchun Tilla, kumush va boshqa zargarlik buyumlarini to‘g‘ri tozalash bo‘yicha tavsiyalar

Tilla, kumush va boshqa zargarlik buyumlarini to‘g‘ri tozalash bo‘yicha tavsiyalar

O'qildi: 318


Tilla, kumush va boshqa zargarlik buyumlarini to‘g‘ri tozalash bo‘yicha tavsiyalar

Vaqt o‘tishi bilan quloq, bo‘yin yoki qo‘lga taqilgan zargarlik buyumlarida yog‘ qatlami va o‘lik teri hujayralari to‘planadi. Ayollarning jon-u dili bo‘lgan zargarlik buyumlari ehtiyotkorlik bilan parvarish qilishni talab qiladi. Ularni uy sharoitida vaqti-vaqti bilan tozalash bo‘yicha tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Zargarlik buyumlarini qanday tozalash kerak?

Zargarlik buyumlarini tozalashning eng yaxshi usuli – bu tish cho‘tkasi  va oddiygina idish yuvish vositasi. Ba’zi zargarlik do‘konlarida tez tozalovchi suyuqliklar sotiladi, ular tom ma’noda taqinchoqlardagi bakteriyalarni yo‘qotadi. Bu eng samarali usul, ammo, afsuski, barcha zargarlik buyumlari bunga bardosh bera olmaydi. Olmos va sapfir kabi qattiq qimmatbaho toshlar juda qattiq bo‘lsa-da, albatta, mutaxassis bilan maslahatlashish zarur. Ularni yumshoq, nam mato bilan tozalash eng xavfsizidir. Aytgancha, hozirda zargarlik buyumlari uchun maxsus matolar ham mavjud.

Qattiq qimmatbaho toshlar

Olmos, sapfir va yoqutlarga zarar bermaslik uchun ular juda ehtiyotkorlik bilan tozalanishi kerak. Ularni tozalash uchun yangi tish cho‘tkasi, iliq suv va tozalash vositasidan foydalanish lozim. Zargarlik buyumlari oqava suvga tushib ketmasligi uchun chuqur idishda yuvish tavsiya etiladi.

O‘ta nozik qimmatbaho toshlar

Opal va zumradlar juda injiq toshlar qatorida ehtiyotkorlik bilan parvarish qilishni talab qiladi. Ushbu toshlar o‘ta mo‘rt bo‘lib, yoriqlaridan suv osonlikcha kirishi mumkin. Ularga ma’lum shaklni berish uchun maxsus moydan foydalaniladi. Shuning uchun zargarlik buyumlarini tozalashda suv yoki erituvchilardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Professional yordam uchun zargarlik do‘koniga borish yaxshiroqdir.

Kumush 

Ma’lumki, kumush tezda xiralashadi va asl ko‘rinishini yo‘qotadi. Yorqinlikni tiklash uchun zargarlik buyumlarini kimxob yoki movut bilan ishqalash lozim. Kumushni porlatish uchun maxsus vositalar ham mavjud, ammo ular barcha zargarlik buyumlariga mos kelmaydi.

Tilla 

Ushbu sevimli metall ham tezdagina o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi, xiralashadi va kirlar bilan qoplanadi. Bu kabi zargarlik buyumlarini tish cho‘tkasi bilan iliq sovunli suvda tozalash tavsiya etiladi. Agar u foyda bermasa, maxsus tilla tozalash vositasidan foydalanish mumkin. U yirik zargarlik do‘konlarida sotiladi.

Marvarid

Marvarid zargarlik buyumlari ichida hashamatlisi bo‘lib, boshqalari kabi to‘g‘ri parvarish qilishni talab qiladi. Munchoqlar dumaloq shakli tufayli odatda ifloslanmaydi, lekin ular bir qatorga terilgan ip tezda kir bo‘ladi. Marvarid marjonlarni tozalash uchun har uch yilda bir marta ularni yangi ipga o‘tkazish kerak. Shuning uchun ham bu ishda professionallar yordami, albatta, kerak bo‘ladi.

Platina

Platina jiddiy kuch va xarajatlarni talab qilmaydigan bardoshli va ishonchli metalldir. Uni tozalash uchun iliq sovunli suv yoki maxsus oltin tozalash vositasidan foydalanish kifoya.

  • Kumush va oltin to‘g‘nog‘ich, zanjir va ziraklarni iste’mol sodasini iliq suvda eritib, tozalash mumkin. Buning uchun yarim litr suv va bir osh qoshiq iste’mol sodasi kifoya.
  • Mis va nikel qotishmasidan yasalgan zargarlik buyumlarini tish pastasi yoki uning kukun ko‘rinishidagisi bilan tozalash mumkin. So‘ngra u jun mato bilan quritiladi.
  • Qahrabo va fil suyagidan yasalgan zargarlik buyumlarini sovunli iliq suvda yuvish va keyin quritish mumkin. Agar fil suyagidan yasalgan zargarlik buyumlari qoraygan yoki bo‘yalgan bo‘lsa, u 10 daqiqa davomida yengil oqartiruvchi eritmada namlanadi, keyin yuvib, jundan to‘qilgan yengil mato bilan artiladi.
  • Tilla zargarlik buyumlarini sovunli eritmaga 15-20 daqiqaga botirib, keyin tish cho‘tkasi bilan tozalash yaxshiroq. Tilla zanjirlarni plastmassa yoki shisha idishdagi sovunli suv bilan tozalash kerak. Zanjir idishga solinadi, shisha mahkam yopilib, bir necha marta silkitiladi. Besh daqiqadan so‘ng jarayon takrorlanadi. So‘ngra zanjir olinib, jun matoga yoyiladi, u ishqalanmasdan, artilmasdan quritiladi.
  • Kumush buyumlarni bolalar sovuni va oq bo‘rning teng nisbatdagi aralashmasida tozalash mumkin. Ikki mahsulot silliq bo‘lgunga qadar suyuq massa tayyorlanadi. U uzuk, bilaguzuk, marjonlarga surtiladi va yumshoq mato bilan yaxshilab artiladi, so‘ngra toza mato bilan quritiladi.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.