Salomatlik Ayollar uchun Zargarlik buyumlarini maxsus kimyoviy vositalarsiz tozalashning 10 usuli

Zargarlik buyumlarini maxsus kimyoviy vositalarsiz tozalashning 10 usuli

O'qildi: 447


Zargarlik buyumlarini maxsus kimyoviy vositalarsiz tozalashning 10 usuli

Qimmatbaho metallar uchun qimmatbaho professional tozalash vositalarini sotib olishning hojati yo‘q. Ularni uydagi mavjud narsalar bilan ham tozalash mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Kumush

Chuqur shisha idishning pastki qismiga bir necha marta buklangan folga qog‘ozi solinadi. Unga 1 osh qoshiq mayda tuz va 1 osh qoshiq ichimlik sodasi qolinadi. Kumush taqinchoqlar ustidan solinib,(ko‘zsiz taqinchoqlar)qaynoq suv quyiladi. 10-15 daqiqadan so‘ng kumush toza suvda yuviladi.

Tilla

Till buyumlarning(qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan)yorqinligini tiklash uchun uni pivoga namlangan mato bilan ishqalash tavsiya etiladi. Tilladagi kirlar bartaraf etilganidan so‘ng, uni suvda yuvmasdan quruq mato yoki qog‘oz salfetka bilan artish lozim.

Olmos ko‘zli uzuk

Qimmatbaho toshli uzuk sotib olingandan keyingi birinchi kundagidek porlashi uchun uni har qanday suyuq sovunning 2-3 tomchisi va deraza tozaladigan vosita aralashmasida yuvish keral. Bir necha daqiqa ichida olmos kamalakning barcha ranglari bilan porlaydi!Agar tosh atrofidagi metall juda xira bo‘lsa, avval halqa yumshoq cho‘tkaga surtilgan tish pastasi bilan tozalanadi.

Qimmatbaho toshlar

Qimmatbaho toshlar, xuddi metall kabi, xiralashishi va va kir yig‘ishi mumkin. Olmos, yoqut, safir va zumradlarni asl yorqinligiga qaytarish uchun zargarlik buyumlarini bir kechada gazlangan suvda namlash kifoya.

Dekorativ zargarlik buyumlari

Dekorativ zargarlik buyumlari tayyorlanadigan metall qotishmalari kumush va mis zarralarini o‘z ichiga olishi mumkin. Havo va teri yog‘i bilan aloqa qilganda, ular oksidlanadi va rangida o‘zgarish yuz beradi. Ularni limon efir moyi bilan olib tashlash mumkin.

Chuqur idishning 1/3 qismini suv bilan to‘ldiriladi. Suyuqlikka bir necha tomchi efir moyi qo‘shiladi. Unga zargarlik buyumlari solinadi va 5-10 daqiqaga qoldirinladi. Shundan so‘ng metallni yumshoq tish cho‘tkasi va yumshoq sochiq bilan artiladi.

Arzon metallardan yasalgan zargarlik buyumlari ham bo‘r eritmasi bilan yangilash mumkin. 2 osh qoshiq bo‘r 100 ml suvda suyultiriladi, zargarlik buyumlarini 2-3 daqiqa davomida suyuqlikka botiriladi, so‘ngra sirt yumshoq tukli cho‘tka bilan artiladi. Bo‘r qoldiqlari suv bilan yuviladi.

Swarovski kristallari

Swarovski zargarlik uyi kristallari juda ehtiyotkorlik bilan tozalashni talab qiladi. Toshlar barmoq teginishlariga, kosmetika, dengiz suvi, uy kimyoviy moddalari va quyosh nuriga ta’siriga toqat qilmaydi. Uyda kristallarni suyuq kristalli sovun eritmasi bilan yuvish va yumshoq mato bilan quritish mumkin.

Har qanday qimmatbaho metall

Ushbu retsept universal va metall turidan qat’i nazar, har qanday zargarlik buyumlariga mos keladi. Bir choy qoshiq oqartiruvchi tish pastasi suvda eritilib, zargarlik buyumlari 15-20 daqiqa davomida namlanadi. Shundan so‘ng sirt yumshoq cho‘tka yoki mikrofiber mato bilan tozalanadiva toza suvda yuviladi.

Yana bir samarali usul mavjud. Kumush yoki tillaning dog‘larini 0,5 stakan toza ammiak va 1 stakan iliq suvdan iborat eritmada 10 daqiqa davomida namlash orqali olib tashlash mumkin. Keyin metall yumshoq, quruq mato bilan artib olinadi.

Ammo bu usul marvaridli zargarlik buyumlari uchun mos emas, ammiak yuqori porloq qatlamga zarar yetkazishi mumkin.

Marvarid

Tabiiy marvaridlar juda nozik materialdir va uni uyda sharoitida tozalash oson emas. Mutaxassislar marvaridlarni ishqalashni, o‘tkir yuvish vositalarini qo‘llashni maslahat bermaydi.

Marvaridlarni yangi holatiga qaytarish uchun ularni neylon paypoqqa solib, bolalar shampuni bilan suvda yuviladi. Barmoqlar bilan durlar yumshoq va muloyimlik bilan ishqalanadi, so‘ngra taqinchoq paypoq ichida toza suvda yuviladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.