Salomatlik Ayollar uchun Uyda odatdagidan ko‘ra ko‘proq changyutkichda tozalash kerak bo‘lgan 8 ta joy

Uyda odatdagidan ko‘ra ko‘proq changyutkichda tozalash kerak bo‘lgan 8 ta joy

O'qildi: 302


Uyda odatdagidan ko‘ra ko‘proq changyutkichda tozalash kerak bo‘lgan 8 ta joy

Aksariyat uy bekalari uydagi pol va gilamlarni muntazam ravishda changyutkich yordamida tozalaydi, lekin deyarli pardalar yoki yumshoq mebellarga e’tibor qaratmaydi. Ayni paytda, vaqt o‘tishi bilan u yerda boshqa joylarga qaraganda ko‘proq chang to‘planadi. Quyida uydagi qaysi joylarni muntazam ravishda changyutkichda tozalash kerakligini ma’lum qilamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Tortmalar

Ehtimol, tortmalarni changyutkich bilan tozalash kerakligi ko‘pchilikning xayoliga ham kelmas. Biroq ular odatdagidek tozalashga muhtoj, vaqt o‘tishi bilan ular chang bilan to‘ladi. Chang kiyimlarga joylashadi, tortmalar eskiradi va u yerdan yoqimsiz hid kela boshlaydi.

Pardalar

Pardalar har qanday mavsumda chang to‘playdi. Agar doimo deraza ochiq bo‘lsa, xonada chang aylanib, nafas olish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, har safar tozalashda changyutkichning maxsus yumshoq cho‘tkasi yordamida pardalar ustini tozalash kerak.

Matraslar

Ehtimol, yotoqxonani muntazam ravishda o‘zgartirish va toza saqlash mumkin. Lekin matrasni ham doimiy ravishda changyutkichda tozalash kerakligini ko‘pchilik bilmaydi. Tozalashni ikki-uch oyda bir marotaba amalga oshirish tavsiya etiladi.

Karavot osti

Mebel ostida chang va kir to‘planganda, changga allergiyasi bo‘lgan odamlarda reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Karavot va divanlar tagini muntazam ravishda changyutkichda tozalashga harakat qilish kerak, agar oddiy changyutkich bilan ularning tagini tozalash qiyin bo‘lsa, robot changyutkichdan foydalanish mumkin.

Supurgi 

Supurgilarni ham vaqti-vaqti bilan tozalab turish kerak, chunki changyutkichdan farqli o‘laroq, uning changlari o‘zida to‘planadi.

Divanlar

Divanlarni haftada bir marta changyutkichda tozalash kerak. Chunki ularda ham xuddi gilamlarda bo‘lgani kabi uy hayvonlarining yunglari, mikroblar, soch tolalari to‘planadi. Ular balki ko‘zga yaqqol tashlanmasligi mumkin, ammo ular mavjud. Shuning uchun, agar uyda uy hayvonlari bo‘lsa, avval ho‘l rezina qo‘lqoplarda, so‘ngra changyutkich bilan tozalash tavsiya etiladi

Deraza tokchalari

Tozalash paytida deraza tokchalarini artishdan tashqari, burchaklarini changdan tozalash lozim.

Klaviatura

Deyarli har doim ofis jihozlarini o‘z vaqtida tozalash qanchalik muhimligi unutiladi. Tiqilib qolgan chang qurilmaning ishlashiga xalaqit beradi. Klaviaturani shunchaki artib qo‘yishning o‘zi kifoya emas, maxsus vosita o‘rnatib, klaviaturani ham alohida changyutkichda tozalash kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.