Salomatlik Ayollar uchun Kir yuvish mashinasi va kiyimlarga zarar yetkazuvchi xatolar

Kir yuvish mashinasi va kiyimlarga zarar yetkazuvchi xatolar

O'qildi: 419


Kir yuvish mashinasi va kiyimlarga zarar yetkazuvchi xatolar

Biz ko‘pincha kir yuvishda xatolarga yo‘l qo‘yamiz, bu nafaqat kiyimga ta’sir qiladi, balki mashinaning ishlash muddatini ham qisqartiradi.

Foto: Getty Images

Antibakterial vositalardan foydalanmaslik

Ko‘chadan kiyimimizga ilashtirib ancha-muncha bakteriyalarni olib kelamiz. Oddiy kukun yoki gel bilan yuvganda ular o‘lmaydi. Hozirda tanlov imkoniyati juda keng, shu sababli antibakterial kir yuvish vositalaridan foydalaning.

Kir yuvish mashinasini tozalamaslik

Tashqaridan qaraganda baraban top-toza, demak, hammasi joyida. Ammo ichida kir to‘planganini ko‘rmaymiz, shuning uchun mashinani har oy tozalab turish lozim. Maxsus tozalash vositalari mavjud, ammo qo‘lda tozalash ham mumkin. Bundan tashqari, eshikdagi rezinalarda zang va mog‘or paydo bo‘ladi. Filtrni ham aslida har kir yuvgandan keyin tozalash kerak. Bu 10 daqiqagina vaqtingizni oladi xolos.

Kiyimlarni kir yuvish mashinasi noto‘g‘ri solish

Jinslarni teskari holda yuvish kerak. Shuningdek, nozik matolardan tayyorlangan narsalar — sviter, paxtali ko‘ylak va bluzkalar ham. Bu yuvish va siqish paytida mato shikastlanishining oldini oladi.

Foto: Getty Images

Mashinaga juda ko‘p kir solish

Yo‘riqnomada mashina 5 kilogrammgacha quruq kirni yuva olishi mumkinligi yozilgan bo‘lsa-da, baribir uni ayash kerak. Yuvish samarali bo‘lishi uchun barabanda kaft balandligida bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Aks holda kiyimlarga erimagan kir yuvish kukuni yopishib qolishi mumkin.

Paypoqlarni saralamaslik

Mashina bizdan paypoqlar yordamida o‘ch olishini bilasizmi?Ko‘pincha ular rezina manjetga yopishib qoladi. Paypoqlarni maxsus to‘rli xaltada yuvgan ma’qul, topilmasa eski yostiq jildi ham bo‘laveradi.

Kiyim yorlig‘iga e’tibor bermaslik

Agar yorliqda kimyoviy tozalash bo‘lsa, bu faqat shunday tozalash kerak degan ma’noni anglatadi. Mashinada yuvish, hatto eng nozik rejimda ham, 80 foiz ehtimol bilan mato sifatini buzadi. Bunday kiyimlar kir yuvish mashinasida yuvilmaydi, juda bo‘lmaganda qo‘lda yuving.

Foto: Getty Images

Siqish tezligini sozlamaslik

Paxtadan tayyorlangan mato daqiqada maksimal 600 siqishga bardosh bera oladi. Choyshab va sochiqlar — 1400 gacha. Jinsilar 900 gacha siqish tezligiga bardosh bera oladi, nozik matolar esa atigi 400. Agar siqish kuchliroq bo‘lsa, matoga zarra yetadi va tez eskiradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.