Salomatlik Ayollar uchun Bug‘ dazmol an’anaviysidan ko‘ra yaxshiroq ekanligining 8 sababi

Bug‘ dazmol an’anaviysidan ko‘ra yaxshiroq ekanligining 8 sababi

O'qildi: 380


Bug‘ dazmol an’anaviysidan ko‘ra yaxshiroq ekanligining 8 sababi

Har ikkisi bir vazifani bajarishiga qaramay, bug‘ dazmolning an’anaviysidan qanday afzalliklari bor ekani haqida “Domashniy ochag” jurnali ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Kiyimga shikast yetkazmaydi

Odatiy dazmol qilish davomida ehtiyotsizlik qilib kiyimini kuydirib olmagan odam bo‘lmasa kerak. Undan foydalanganda harorat matoga mos bo‘lishi, qizib ketganda esa sovishini kutish kerak. Ammo bug‘ dazmolda bunday muammo kuzatilmaydi. Metallning qaynoq yuzasi matoga tegmagani uchun u bilan bunday muammo bo‘lmaydi.

Malaka talab qilmaydi

Hamma ham odatiy dazmol qilishni uddasidan chiqavermaydi. Sochiqni tekislash oson bo‘lishi mumkin, lekin oq ko‘ylak va klassik bichimdagi shim bilan hammasi boshqacharoq. Bug‘ dazmolda esa hammasi oson. Buning uchun kiyim ilgichga osilgan libos bo‘ylab qurilmani harakatlantirish kifoya.

Ortiqcha harakat talab qilinmaydi

Vaqt o‘tishi bilan an’anaviy dazmol ichida kir to‘planishi mumkin. Yig‘ilgan changlar dazmol bug‘ chiqaradigan tugmani bosgandan keyin yuvilgan kiyim ustiga yuqishi mumkin. Bu kabi muammolarning oldini olish uchun esa istalgan brendga tegishli dazmolni vaqti-vaqti bilan tozalatib turish kerak. Bug‘ dazmolda esa bu holat kuzatilmaydi.

Saqlash oson

Oddiy dazmol ko‘proq ishlatilishi mumkin, undan foydalanish uchun tekis yuza bo‘lishi kerak. Bug‘ dazmolni esa qo‘lda tutib ishlatish, keyin esa oddiy shkaf yoki stolga qo‘yib qo‘yish mumkin. Qolaversa, uni chamadonga solib, ta’tilga o‘zingiz bilan birga olib ketsangiz ham bo‘ladi.

Ishlatish osonroq

Odatiy dazmol qilish uchun yuzaning tekis bo‘lishidan tashqari, yuqori haroratga chidamli ham bo‘lishi kerak. Bug‘ dazmolni ishlatish esa qulayroq hisoblanadi. Buning uchun kiyim ilgichdagi libosni shkafning tepa qismiga ilib, matoni biroz tortgan holda apparatni u bo‘ylab harakatlantirish kerak.

Kundalik obrazlar uchun ayni muddao

Ish joyingizda jiddiy bir forma talab qilinmasa, hamisha ham dazmol qilishga ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin. Aksariyat kiyimlarni tartibga keltirish uchun bug‘ dazmol kifoya qiladi. Paxta va lyon singari matolar istisno bo‘lishi mumkin. Ammo mato g‘ijim va biroz nam bo‘lsa, uni bug‘ bilan tekislagan yaxshi.

Mavsumiy kiyim-kechaklarni tekislash uchun qulay

Shkaf ichida uzoq vaqt yotgan jaket, djinsi kurtka yoki paltoni dazmollash biroz qiyin bo‘lishi, jarayonda esa matoga zarar yetishi mumkin. Bug‘ dazmol esa bir zumda ushbu muammoni hal qiladi. An’anaviy dazmoldan ko‘proq vaqt xizmat qiladi, balki devor gilam va kafellardagi kirlarni bir zumda ketkazadi ham. Uning yordamida pardani karniz(parda osishga mo‘ljallangan dor)dan yechmay turib tekislash, mebel qoplamasini tozalashi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.