Salomatlik Ayollar uchun Kiyimlarga plastilin yopishib qolsa, uni qanday ketkazish mumkin?

Kiyimlarga plastilin yopishib qolsa, uni qanday ketkazish mumkin?

O'qildi: 367


Kiyimlarga plastilin yopishib qolsa, uni qanday ketkazish mumkin?

Agar uyda kichik yoshdagi bolalar bo‘lsa, kiyimlarga yopishgan plastilinni olib tashlash vazifasiga ota-onalar tez-tez duch keladi. Bolalarning ushbu ijod mahsulini kiyimlarga zarar yetkazmasdan olib tashlashning ko‘plab usullari mavjud.

Foto: Wday

Shunday qilib, kiyim-kechaklarga yopishib qolgan plastilin qo‘rqinchli emas. U osongina tozalanadi, ammo mato tolalarida plastilin izlari qoladi.

Mexanik tozalash

Plastilinni tozalash uchun kiyim avval muzlatishga qo‘yiladi. Ko‘ylak, futbolka yoki shim muzlatkichda yarim soat turgach, kiyimning plastilin yopishgan qismi qattiq cho‘tka bilan tozalanadi. Agar buyum katta bo‘lsa, muzdan foydalanish mumkin. Bordi-yu, kiyimni muzlatkichga qo‘yishning iloji bo‘lmasa, dog‘ni quruq muz bilan ham ketkazishning imkoni bor. Xuddi shu tarzda gilam yoki mebeldagi plastilin dog‘larini ketkazish tavsiya etiladi.

Agar muz bo‘lmasa, kiyim shunchaki quritishga qo‘yiladi. Bir necha kun ochiq havoda qoldirilgan kiyimdan namlik bug‘lanadi va plastilin kimyoviy xususiyatlarini yo‘qota boshlaydi. Faqatgina issiqlik bilan quritmaslik kerak, aks holda plastilin eriydi va matoga yaxshiroq yopishib oladi. Quritilgan plastilin yaxshi parchalanadi, mato yaxshilab ishqalanadi, harakatlanuvchi tolalar uni yo‘q qiladi.

Eritmalar bilan yuvish

Uy sharoitida kiyimga yopishib qolgan plastilin dog‘ini turli xil vositalar yordamida ketkazish mumkin.

Plastilinni eritishda yordam beradi:

  • nashatir spirti;
  • izopropil spirti;
  • WD-40 vositasi;
  • tozalangan kerosin;
  • dazmol va bir nechta salfetkalar.
Plastilin dog‘ini nashatir bilan ketkazish mumkin. Buning uchun 10 tomchi nashatirni bir stakan sovuq suvga qo‘shish kerak. Olingan eritma bilan yumshoq mato yoki paxta namlanadi, so‘ngra dog‘ yuzasi artiladi. Keyin sovuq suv bilan yuviladi. Ushbu jarayonni bir necha marotaba takrorlash mumkin.

Nashatir o‘rniga izopropil spirti ham ishlatiladi, u har qanday plastilinning qismi bo‘lgan dog‘ni yaxshi tozalaydi. Izopropil spirti tabiiy matolar va djinsi shimlardan plastilinni mukammal darajada yo‘q qiladi. Buning uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri dog‘ga ozgina spirt quyish, uni bir daqiqaga qoldirib, shundan so‘ng plastilinni yuvib tashlash kerak.

Sun’iy matolarni izopropil spirti bilan tozalash qat’iyan man etiladi, ular shunchaki bu jarayonga bardosh bera olmaydi.

Avtomobil egalari tomonidan tez-tez ishlatiladigan WD-40 ni sinab ko‘rish mumkin. Qisqa muddatli ishlov berishdan so‘ng(3-5 daqiqa kifoya qiladi), plastilin osongina chiqariladi. Keyin kiyim yaxshilab yuviladi.

Plastilin yog‘ini tozalangan kerosin kabi moddalar ham eritadi. Faqat plastilinni oddiy yuvib, ketkazib bo‘lmaydi, shuning uchun ushbu jarayon biroz kuch talab etadi.

Shuningdek, ushbu muammoni bartaraf etishda oddiy salfetka va dazmol ham ish beradi. Plastilin dog‘i ustiga salfetka qo‘yilib, dazmol bosiladi. Issiqlik ta’siri ostida yog‘ eriydi va salfetkaga yopishadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.